-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
Maxsus fanlarni o’qitish metodikasi
Pedagogikaning maxsus fanlar tizimida tutgan o‘rni. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida"gi Farmonining ijtimoiy yo'nalishida amalga oshiriladigan muhim tadbirlar qatorida oliy ta'lim muassasalari uchun pedagoglarning yangi avlodini shakllantirish, ma'naviy- ahloqiy jihatdan etuk, mustaqil dunyoqarashga ega, ijodiy fikrlovchi, boy milliy meros, shuningdek, umuminsoniy va milliy qadriyatlarga sadoqatli barkamol shaxsni tarbiyalab voyaga etkazish vazifalari ham belgilab o'tilgan.
-
Maktabgacha pedagogika
Maktabgacha pedagogika maktabgacha ta'lim-tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash hamda unga ta'lim berishning mohiyati va muammolarini o‘rganadigan fan. Maktabgacha pedagogika ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy va ruhiy kamolotini tarbiyalash, unga ta'lim berish muammolarini o‘rganadi.
-
Ijtimoiy pedagogika
Umumiy pedagogika kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan yaratilgan o'quv uslubiy majmua hozirgi kun talabiga javob beradi. Unda har bir fan uchun titul varog'i, o'quv rejasidagi barcha fanlardan namunaviy hamda ishchi o`quv dasturlari, o`quv-uslubiy xarita, ta`lim texnologiyalari, kalendar-tematik reja, ma'ruza matni, laboratoriya yoki amaliy mashg'ulot ishlanmalari, fanlar bo'yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlar uchun savolnomalar, testlar yangidan ishlab chiqildi. Ma'lum fanlar bo'yicha bitiruv malakaviy va kurs ishi, referat mavzulari o'quv amaliyot dasturi va uslubiy ko'rsatmasi ishlab chiqildi.
-
Fizologiya va anatomiya asoslari
Farmatsevtika institutida odam fiziologiyasi va odam anatomiyasi asoslari fanini o'qitishda anatomiya, gistologik va morfologik ma‘lumotlarni a‘zo va tizimlarning funksiyalari bilan bog'liq, holda tushuncha berish maqsadga muvofiqdir. Bunday tushuntirish usuli fiziologik qonuniyatlarini chuqurroq o'rganishda, ayniqsa a‘zo funksiyalari uning tuzilishi bilan yaqqol bog'liqligi morfologik ma‘lumotlarni talabalar uchun qiziqarli qilib, ularning o'zlashtirishini osonlashtiradi.
-
Falsafa
Insoniyat yaratgan ma’naviy boyliklar orasida falsafa ilmida to‘plangan hikmatlar xazinasi, atoqli faylasuflar merosi, ularning asarlari muhim o‘rin tutadi. Har bir davrning buyuk donishmandlari o‘z yurti va xalqining tafakkuri, ruhiyati hamda orzu intilishlarini falsafiy ta’limotlarida ifoda etganlar, jamiyat farovonligi va millat ravnaqi uchun xizmat qiladigan yuksak g‘oyalarni o‘rtaga tashlaganlar. Xalqni buyuk maqsadlar sari yetaklovchi bu g‘oyalarning muayyan davr mafkurasiga aylanishida falsafiy bilimlar katta ahamiyat kasb etadi.
-
Umumiy psixologiya
Psixologiya fanining predmeti. ―Psixologiya‖ so‘zi ikkita grek so‘zlaridan –psixo – jon, ruh va ―logos – ta‘limot, ilm so‘zlaridan iborat bo‘lib, an‘anaviy ma‘noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o‘z-o‘zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi.
-
Мактабгача ѐшдаги болалар физиологияси ва гигиенаси асослари
Мамлакатимиз аҳолисининг муносиб ҳаѐт кечириши, жаҳон талаблари даражасида таълим олиши ҳамда касб эгаллаши, жамиятда ўзларининг муносиб фуқаролик позициясини эгаллаши ва бунѐдкорлик салоҳиятини рўѐбга чиқариш учун зарур шарт-шароитлар яратди. Бунинг асосий туб маъносида соғлом авлодни юзага келтириш ва уларни муносиб равишда тарбиялаш ѐтади
-
O'zbekistonning foydali o'simliklari moduli
Foydali o’simliklar xom ashyobop turlar bo’lib, tabiiy flora tarkibida uchraydigan, bevosita foydalaniladigan yoki qayta ishlov berish mumkin bo’lgan o’simliklardir. Foydali o’simliklarni ularning foydalanilishiga ko’ra asosan ikki guruhga ajraladi: 1. Texnik o’simliklar (kauchik saqlovchi, smola saqlovchi va boshqalar), 2. Natur o’simliklar (oziq ovqat, dorivor, vitaminli va boshq.). Har bir guruh yana kichik guruhlarga bo’linadi. Ayrim o’simliklar yuqoridagi har ikki guruhga mansub bo’lishi mumkin. Foydali o’simliklarning tarqalishi, xo’jalikda ishlatilishining imkoniyatlari va mexanizmlarini eng muhim dorivor, oziq – ovqat va boshqa foydali o’simliklar zaxiralarini baholash va ularni o’rganish uslublarini ishlab chiqadigan fan bu botanika resursshunosligi deb ham ataladi.
-
O‘simliklar introduksiyasi
Ma’lumki, tabiiy bioxilma-xillik jamiyatning iqtisodiy, ekologik, farmatsevtik va madaniy ehtiyojlarini qondirishning ulkan manbai bo‘lib, usiz tabiat va jamiyat barqaror rivojlana olmaydi. Hozirgi kunda butun yer yuzida bo‘lgani kabi, O‘zbekistonda ham dolzarb muammolardan biri – bioxilma-xillikni asrash, uning kamayib borishi bilan bog‘liq muammolarni va mavjud holatni barqaror rivojlanish asosi sifatida saqlab qolish hisoblanadi
-
O`simliklar gеografiyasi
O`simliklar gеografiyasi botanika bilan gеografiya o`rtasidagi oraliq fan bo`lib, o`simliklarning yer yuzida tarqalishi, tarqalish qonuniyatlarini o`rganadi. Bu o`rinda shuni alohida ta'kidlash kerakki, o`simliklarning tarqalishi haqida fikr bayon etish uchun o`simliklar hayoti ularning xilma-xilligini yaxshi bilib olish zarur. Aks holda ularning yer yuzida tarqalishi haqidagi ma'lumotlar faqat quruq yodlash va tasvirlash tarzida amalga oshiriladi. Bunday bo`lishiga esa hеch qachon yo`l qo`yilmaslik kerak.
-
Optimal va adaptiv boshqarish sistemalari
Mazkur fan bakalavr yo`nalishi bituruvchi guruhlariga o`tiladigan fanlardan biri hisoblanib, mutahassis tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu fangacha o`tilgan fanlar talabalarning fanni yaxshi o`zlashtirishiga zamin yaratadi. Fan o`z ichiga texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishda ishtirok etadigan ko`plab asosiy texnik vositalarni qamrab oladi va ular qanday turlarga bo`linadi, qaysi texnologik jarayonlarda ishlatiladi, qanday texnik hususiyatlarga ega ekanligi va shu kabilar to`g‘risida ma‘lumotlar beradi.
-
Odam genetikasi
Odam genetikasi irsiyat va o‘zgaruvchanlik qonuniyatlarini, normal va patologik belgilar irsiylanishining o‘ziga xosliklarini, kasalliklarning irsiyatga va muhit sharoitlariga bog‘liqligini inson populyatsiyalarida o‘rganadigan fandir. Odam genetikasi fani – uning morfologiyasi, fiziologiyasi, biokimyosi bilan bir qatorda zamonaviy tibbiyot fanining nazariy poydevorini tashkil qiladi. Bu fan odamlarda bo‘ladigan irsiy o‘zgarishlarni, hayotning molekular-genetik, hujayra, organizm, populatsiya darajasida tadqiq qiladi.
-
O'simliklar morfologiyasi va anatomiyasi
Kimyoni asosiy tushunchalari; atom-molyekula ta’limoti; yer qatlamida kimyoviy elyemyentlarni tarqalishi; atomlar tuzilishi; D.I.Myendyelyeyevning elyemyentlarni davriy qonuni va davriy sistyemasi; kimyoviy bohlanish va asosiy turlari; kovalyent, ion, myetall, vodorod; kimyoviy elyemyentlar valyentligi; kimyoviy tyermodinamika va kinyetikani asosiy masalalari; gomo- va gyetyerogyen kimyoviy ryeaksiyalar tyezligi haqida tushuncha.
-
Nanobiotexnologiya
Ushbu dastur Nanobiotexnologiya fani predmeti maqsadi va vazifalari uchun foydalanish borasidagi bilimlarni va imkonyatlarni o'zlashtirishdagi o'rni va fan bo'yicha nazorat turlari va baholash mezonlari shuningdek biologiya sohasida mutaxassis tayyorlashdagi o'rni kabi masalalarni o'z ichiga oladi.
-
Psixolingvistika
Psixolingvistikaning asosiy tadqiqot obyekti nutqiy faoliyat subyekti bo‘lgan shaxs, til egasidir. Rus tilshunosligida mazkur soha rivojiga katta hissa qo‘shgan A.A.Zalevskaya psixolingvistikaning vazifasini “tilning amal qilinishini psixik fenomen sifatida tavsiflash va tushuntirish” bo‘lishi kerakligini ta’kidlagan edi.
-
Muhandislik dasturlari
Tеxnologik jarayonlarni kontrol qilish va avtomatlashtirish sistеmalari tеxnika taraqqiyotining asosiy yoʻnalishlaridan biri boʻlib, u ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, maxsulot sifatini yaxshilash, xarajatlarni kamaytirish, mеhnat sharoitini yaxshilash va atrof muxitni muxofaza qilish uchun xizmat qiladigan asosiy omil xisoblanadi. Oziq-ovqat va kimyo tеxnologiyasi soxasi uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ―Muxandislik dasturlari‖ fani katta ahamiyatga ega. Bu fan talabalarga oʻz ixtisosliklarini nazariy jixatdan chuqur egallashga, ularning muxandislik bilimlarini mustaxkamlashga, ishlab chiqarish samaradorligini qaysi yoʻl bilan oshirish va tеxnologik jarayonlardan unumli foydalanishi mumkinligini koʻrsatadi.