-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Madaniyat. Madaniyatshunoslik
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Bolalar yuqumli kasalliklari
Qo'llanmada bolalar orasida uchrayotgan yuqumli kasalliklarining asosiy kechish xususiyatlari, etiologik tizimi, epidemiologiyasi, patogenez tizmasi, klinik kechimi va tasnifi, diagnostika usullari, uy sharoitida davolashga va kasalxonaga yotqizishga ko'rsatmalar yoritilgan.
-
Fizikaviy kimyodan masalalar to'plami
O'quv qo'llanmada fizikaviy kimyo fanining barcha bo'limlariga tegishli bo'lgan, qonun-qoidalari, tushunchalari, ta'riflari va boshqa masalalar kiritilgan.
-
Pediatrning amaliy ko’nikmalari
O’quv – uslubiy qo’llanma tibbiyot oliygohlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, har xil yoshdagi sog’lom va bemor bolalarni ob’ektiv baholashda kasbiy malaka va amaliy ko’nikmalarini chuqur egallashga ko’maklashish, hamda o’tkaziladigan tekshiruv ishlari samaradorligini oshirishga mo’ljallangan.
-
Kasb mahorati
Ushbu о`quv qо`llanma oliy о`quv yurtlari talabalari, malaka oshirish kurslari tinglovchilari va paxta tozalash sanoati xodimlari uchun mо`ljallangan bo`lib, unda paxtachilikni rivojlanish bosqichlari, chigitli paxtani qabul qilish jarayoni va uni boshqarish yо`llari, paxtani g`aram maydonlari va yopiq omborlarda saqlash, paxta tozalash korxonalari va paxtani dastlabki ishlash texnologik jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida ishlatiladigan paxta tasish vositalari, chigitli paxtani quritish va iflos aralashmalardan tozalash jarayonlari, paxta tozalash korxonalarida jinlash va linterlash jarayonlari, tola tozalash jarayoni va paxta tozalash korxonalarining mexanika bо`limi bо`yi-cha malumotlar keltirilgan
-
Ma`naviyat asoslari (Barkamol avlodni tarbiyalashda uzluksiz ta`limniinsonparvarlashtirish texnologiyasi)
Tarbiyaviy muammolari yechimini hal qilishda milliy tarbiyani yuksaltirish, ma’naviyat va mafkuramizni yuksak bosqichlariga ko‘taradigan milliy g‘oya, mafkura g‘oyalarini rivojlantirishda ta’lim muassasalari faoliyatlarini ham yuksaltirishga katta e’tibor berish lozim. Shunga ko‘ra, biz ijtimoiy-gumanitar fanlari o`qitishda ta’limni tarbiya bilan uzviy bog‘lash va talaba-yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash usullaridan keng foydalanish maqsadida ushbu o‘quv qo‘llanmani yaratishni maqsad qildik.
-
Fizikadan masalalar to'plami
Kitob 5 ta bobga bo'lingan. Har bir bob uch qismga ajratilgan. Birinchi qismda shu bobga tegishli asosiy formulalar va qanuniyatlar keltirilgan. Bu formulalar shunchalik mufassal yozilganki, ularning qatorida maktabda o'rgatilishi mumkin bo'lgan, lekin hozirgi kunda darsliklarda qayd etilmaganlari ham bor. Bunday formulalar fizikani chuqur o'rganuvchilarda qiziqish uyg'otadi. Bu formulalardan ba' zilarining isboti namuna uchun echib ko' rsatilgan masalalarda keltirilgan. Ikkinchi qismida turli qiyinlik darajasiga ega bo'lgan bir qancha masalalar mufassal echib ko'rsatilgan. Birinchi navbatda bu masalalarning echimlarini tahlil qilish kerak. Bu jarayon davomida talabalarning masala echish bo'yicha mahorati va tajribasi ortadi. Uchinchi qismda mustaqil echish uchun mo'ljallangan masalalar keltirilgan. Bu masalalarning qiyinlik darajasi turlicha bo'lib, ular safida odatdagi maktabda ishlanadigan va bir formula ishlatish yo' li bilan echiladiigan masalalardan tortib, chuqur fikr yuritishni taqozo etuvchi Olimpiada masalalarigacha bor:.
-
Стоматологияда қўлланилувчи дори воситалари
Ушбу ўқув қўлланмада ҳам бугунги кунда стоматология амалиётида энг кўп ишлатилувчи дори востиалари, уларнинг рецептлари ҳақида маълумотлар имкон қадар кенгайтирилган. Қўлланма асосий стоматологик касалликлар, яъни нокариоз жароҳатланиш, кариес, пульпит, периодонтит, пародонт, оғиз бўшлиғи шиллиқ қавати касалликлари нозологик шакли асосида тузилган. Ўқув қўлланма тиббиёт институтларининг талабалари, амалиётдаги стоматологлар, ВМОФ курсантларига, клиник ординаторларга, магистрларга ва умумий амалиёт шифокорларига мўлжалланган
-
Organik kimyodan laboratoriya mashg`ulotlari
5140500 - Kimyo ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada organik kimyo laboratoriyasida ishlash qoidalari, organik moddalarni tozalash va ularninig muhim doimiyliklarini aniqlash, shuningdek, organik kimyoning muhim reaksiyalari (sintezlari)ni o'tkazish metodikasi batafsil bayon qilingan. Ilovalarda organik sintezda qo'llaniladigan muhim jihozlarning rasmlari, shuningdek, ayrim reaktivlarning tayyorlanishi keltirilgan.
-
Madaniy tadbirlarni tashkil etish mahorati
Tavsiya etilayotgan ushbu qo`llanmada madaniy tadbirlarni tashkil etishning o`ziga xos xususiyatlari, uning nazariy va amaliy jihatlari, sahnalashtirish san'ati, tadbirlar turlari va spetsifik xususiyatlari, tadbirlarni tashkil etishning usul va vositalari, madaniy tadbirlar dramaturgiyasi (ssenariynavislik mahorati), badiiy jamoalar bilan ishlash, bir so`z bilan aytganda madaniy tadbirlarni tashkil etishning ijodiy va tashkiliy jarayonlari keng yoritilgan. Mazkur o`quv qo`llanma san`at va madaniyat sohasi bo`yicha shug`ullanuvchilar hamda keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan.
-
An'anaviy yakka xonandalik
“An’anaviy yakka xonandalik” fani. 0‘zbekiston oliy musiqa ta’limida professional kadrlar tayyorlash jarayonida yangi avlod o‘quv adabiyotlari bilan ta ’minlab borishga alohida e ’tibor berilmoqda. Bu borada “0‘zbekiston Respublikasini 2017-2021-yillarda rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”da musiqa san’atini yanada rivojlantirishga oid yangi vazifalar qo‘yilgan. Oliy musiqa ta’limi muassasalari talabalari uchun mo'ljallangan ushbu o‘quv qo‘llanmada An’anaviy yakka xonandalik san’atining mazmuni, tarixi va ijrochilik uslublari tizimli tahlil qilib berilgan.
-
Bolalarda organ va tizimlarning anatomo – fiziologik xususiyatlari
Ushbu o’quv qo’llanma bolalarda organ va tizimlarining anatomo – fiziologik xususiyatlari va semiotikasi savollariga bag’ishlangan. Berilgan material zamonaviy talablarga mos kelgan holda rasmlar bilan boyitilgan bo’lib, talabalarni mustaqil bilim olishlarida katta yordam beradi.
-
Fizika optika, atom va yadro fizikasi 3-kitob
Mazkur o'quv qo'llanma fizika sifatida o'rganiladigan aniq va tabiiy yo'nalishidagi akademik litseylar uchun mo'ljallangan dastur asosida yozilgan. Qo'llanma fizikaning elektromagnit to'lqinlar, optika, atom, va yadro fizikasi, elementar zarralar fizikasi bo'limlari, olamning yagona fizik manzarasi bayoni bilan yoritilgan hamda fizika masalalarining izohli yechimlari namunalari bilan boyitilgan
-
Oliy matematika
Ushbu o‘quv qo'llanma universitetlar va pedagogika institutlarining kasbiy ta’lim va mehnat ta’limi yo'nalishi bo‘yicha oliy matematika fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, unda analitik geometriya va chiziqli algebra, matematik tahlil, bir o‘zgaruvchili funksiyalaming differensial va integral hisobi, ikki o‘zgaruvchili funksiyalar, differensial tenglamalar, qatorlar, karrali integrator, ehtimollar nazariyasi elementlari bayon etilgan. Nazariy materialni mustahkamlashga doir yetarlicha misol va masalalar berilgan. Qo‘llanma kasbiy ta’lim yo'nalishlaridagi talabalar uchun mo'ljallangan.
-
Измерения и контроль при ремонте и эксплуатации вагонов
Изложены системы контроля технического состояния вагонов, методы и средства измерения, технология измерения основных параметров и структура метрологического обеспечения. Рассмотрен контроль технического состояния ходовой, рессорной, тормозной, энергетической систем и систем кондиционирования воздуха. Приведены краткие сведения по точности измерений и анализу диагностических сигналов. Для инженеров-технологов и других инженерно-технических работников вагонного хозяйства, связанных с контролем технического состояния вагонов.
-
O`zbek adabiyoti va adabiy aloqalari tarixi
Marhum adabiyotshunos olim, O`zbekiston Respublikasi fan arbobi, filologiya fanlari doktori, professor Begali Qosimovdan boy ilmiy, o`quv-metodik asarlar meros bo`lib qoldi. Bu meros orasida olim hayotining so`nggi davrlarida tayyorlangan ushbu o`quv qo`llanma alohida o`rin tutadi.
-
Термодинамика ва статистик физикадан масалалар
Термодинамика ва статистик физика назарий физиканинг мухим ва энг мураккаб булимларидан хисобланади. Бу бўлимларни физика-техника сохасидаги мутахассисларнинг мукаммал билиши катта самара беради. Тавсия этилаётган тўплам назарий физика буйича мавжуд сўнгги дастурга мос холда тузилган бўлиб, термодинамика ва статистик физикадан ўзбек тилида ёзилган биринчи қўлланмадир. Тўпламни тузишда муаллифлар Тошкент давлат миллий университетида термодинамика ва статистик физика фанлари бўйича юқори курс талабалари билан олиб борилган иш тажрибаларидан фойдаланишди. Унда муаллифлар томонидан тузилган хамда назарий физика сохасида рус тилида мавжуд бўлган тўпламлар ва ўкув кўлланмаларида фойдаланилган масалалар киритилган.