-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Sаnоаt chiqindilаrini tоzаlаsh tехnоlоgiyalаri
Mazkur “Sаnоаt chiqindilаrini tоzаlаsh tехnоlоgiyalаri” fanidan o’quv qo’llanmada fanning maqsadi, asоsiy vazifalari, mazmuni, ekоlоgiya va atrоf muhit muhоfazasi mutaхassislarini tayyorlashdagi ahamiyati, аtmоsfеrаni sаnоаt chiqindilаridаn muhоfаzа qilish, gаz chiqindilаrini zаrаrsizlаntirish usullаri, chаng zаrrаlаrining аsоsiy хususiyatlаri vа uni ushlаb qоlishning sаmаrаdоrligi, gаz tаshlаmаlаrini zаrаrsizlаntirish vа tоzаlаshning fizik- kimyoviy usullаri, оqоvа suvlаrni tоzаlаsh tехnоlоgiyalаri, sаnоаt chiqindilаrini utilizаsiya qilish vа qаytа ishlаsh, оrgаnik kimyo vа аtrоf muhit muhоfаzаsi muаmmоlаri, sаnоаt chiqindilаrini utilizаsiya qilish vа qаytа ishlаsh tехnоlоgiyalаri bаyon qilingаn.
-
Chizmatasvir
Ushbu o`quv qo`llanma asosan tasviriy san’atning chizmatasvir yo`nalishi bo`yicha kechadigan barcha jarayonlarni o`z ichiga qamrab olgan bo‘lib, unda chizmatasvirda odam boshi portretini ishlash jarayoni va uni qog`ozga kompozitsiyali joylashtirish, konstruktiv qurish, proporsiyalar, yorug`, soya va tushuvchi soyalar, shtrix, tus, detallar ustida ishlash, chizmatasvirda odam bosh suyagi, gipsdan yasalgan antik odam boshi va chizmatasvir jarayonida ishlatiladigan qog`oz, qalam, sangina, sous kabi tushunchalar haqida aniq va batafsil ma’lumot berilgan.
-
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Mazkur o`quv qo`llanmada “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” o`quv faninig mazmuni, jismoniy tarbiya vositalari, dars zichligi, yuklamalar, jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari, pulsometriya o’tkazish uslubiyoti kabi masalalar yoritilgan bo’lib undan jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi talabalari, magistrantlari, maxsus sirtqi ta’lim yo`nalishi talabalari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari jismoniy tarbiya o’qituvchilari foydalanishlari mumkin
-
Фольклоршунослик асослари
Мазкур ўқув қўлланма фольклоршунослик фанининг асосий мақсади ва вазифалари, ўзбек фольклоршунослигининг шаклланиш тарихи, тараққиёт қонуниятлари ва ривожланиш босқичлари, жаҳон фольклоршунослиги мактабларининг назариялари, фольклор жанрларини тадқиқ этиш борасида эришилган асосий натижалар, мустақиллик даври ўзбек фольклоршунослигининг янгича тамойиллари ва истиқболлари таҳлилига бағишланган.
-
To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
O’quv qo’llanmada trikotaj to’g’risida tushuncha, bir va ikki ignadonli ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qiydigan trikotaj mashinalarida halqa hosil qilish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, bir va ikki qavatli ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to'qilgan trikotaj to’qimalarining tuzilishi, xususiyatlari va ulami loyihalash usullari, ba’zi naqshli trikotaj to’qimalari tuzilishi, donali trikotaj mahsulotlarini olish usullari, paypoq to’qish texnologiyasig oid ma’lumotlar keltirilgan.
-
Charm va mo'yna texnologiyasi
O'quv qo'llanmada terining tuzilishi, charm va mo'yna xomashyolari va ularning xossalari, charm va mo'yna tayyor mahsulotlari, ularni konservalash usullari, charm va mo'yna ishlab chiqarishda tayyorlash, oshlash va pardozlash jarayonlari, ularning nazariy asoslari va amalda bajarilishi bayon etilgan.
-
Ўзбекистон Республикасининг Қонунлари
Қўлланмада микромолиялаш, микрокредит ташкилотлар тўғрисидаги Ўзбекистон Республикасининг Қонунлари киритилган. Қонун 2006-йил 21-июнда қабул қилинган. Сенат томонидан 2006 йил 25 августда маъқулланган. Микрокредит ташкилотлари тўғрисида (Қонунчилик палатаси томонидан 2006 йил 28 июнда қабул қилинган. Сенат томонидан 2006 йил 25 августда маъқулланган.
-
Analitik, fizkolloid va biologik kimyodan laboratoriya mashg‘ulotlari
Ushbu o'quv qo'llamada analitik, fizkolloid, bioorganik va biologik kimyoning boblaridagi mavzulardan laboratoriya ishlari berilgan. Har bir laboratoriya ishi qisqacha nazariy qism, tajriba uchun zarur boigan jihozlar va reaktivlar ro'yxati, tajribalarni bajarish tartibi, mustaqil ta’lim uchun savollar va mashqlardan iborat. Laboratoriya mashg'ulotlari mavzularini tanlashda ularning mutaxassisliklar xususiyatlari bog'liqligiga alohida e’tibor qaratilgan.
-
Bolalar jismoniy tarbiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma 5112700 – Maktabgacha ta’lim psixologiyasi va pedagogikasi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etish shakllari va o‘tkazish metodikasi, jismoniy tarbiya ishlarini rejalashtirish va hisobga olish, sport bayramlarini tashkil etish qonun-qoidalari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida jismoniy tarbiya bo‘yicha ishni tashkil etishda ma’sul bo‘lgan shaхslar va ularning malaka talablari, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy rivojlanishi ustidan pedagogik nazorat shuningdek jismoniy tarbiya yo‘riqchisining kasbiy vazifalari bo‘yicha talabalarni nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalar bilan qurollantirish masalalari yoritilgan.
-
Funksional analizdan misol va masalalar
Funksional analizning asosiy tushunchalari to`plamlar nazariyasi, o`lchovlar va lebeg intervali, metrik fazo, normalangan, hilbert fazosi, ularda aniqlangan operator va funksionallarning xossalari va ularning integral tenglamalarga tatbiqlari bilan tanishtirishga mo`ljallangan.
-
Chizma geometriya
Ushbu qo`lanma kasbiy ta’lim yo‘nalishidagi muhandis-pedagog, talabalar uchun mo‘ljallangan bo`ib, chizma geometriya fani bo‘yicha tuzilgan namunaviy dastur asosida yozilgan. Undan bakalavr talabalar bilimini reyting asosida baholash, grafik ishlarni mustaqil bajarishda yordamchi adabiyot sifatida foydalanish maqsad qilib qo‘yilgan. Qo'llanma ikki qismdan iborat bo‘lib, birinchi qismda ortogonal va aksonometrik proyeksiyalar, ikkinchi qismda ortogonal va aksonometriyada soyalar, perspektiva, unda soyalar haqida qisqacha ma’lumot berilgan.
-
Dizayn-loyihalash
O'quv qo'llanmada zamonaviy liboslami dizayn-loyihalash sohasidagi ibora, atamalar, tushunchalarga ta’riflar keltirilgan. Xorijiy ilg‘or tajribalardan kelib chiqqan holda badiiy loyihalash bosqichlarini o‘rganish va har bir bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlami tahlil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar keltirilgan. Undan tashqari liboslar va gazlamalami badiiy-dekorativ bezashning turli texnikalarining usullari, vositalari, turlarini tahlil qilish va o'rganish hamda ulaming an’anaviy va zamonaviy vosita, texnikalari bilan tanishishga imkon beruvchi ma’lumotlar keltirilgan. Bo‘lajak libos dizaynerlari uchun sodda shaklli buyumlar loyihalari hamda “Recycling” yo‘nalishidagi libos loyihalari ustida ishlash bo‘yicha nazariy ma’lumotlar keltirilgan.
-
Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti
Qishloq xo`jaligi tarmog`i aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan,sanoatning ko`pgina sohalarini esa xomashyo bilan ta'minlovchi muhim tarmoqdir. Shu sababli mustaqillikning ilk davridan boshlab yurtboshimiz rahnamoligida hukumatimiz tomonidan mazkur tarmoqda iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda.Qishloq xo`jaligining rivojlanishida malakali iqtisodchi kadrlarning ham o‘z o`rni bor. Shu sababli oliy o`quv yurtlarining iqtisodiy ta'lim yo`nalishlarida tahsil oluvchi talabalarga Davlat ta'lim standartlariga muvofiq o`tiluvchi "Qishloq xo`jaligi iqtisodiyoti" fanini ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida o`tish, talabalarga chuqur ta'lim berish, ularda mazkur fan bo`yicha bilim va ko`nikmalar hosil qilish muhim ahamiyatga ega. Mazkur o`quv qo`llanma O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan namunaviy dastur asosida va yurtimizdagi yetakchi iqtisodchi olimlar ilmiy ishlaridan foydalangan holda tayyorlandi. Unda qishloq xo`jaligiga oid nazariy bilimlar bilan birga mamlakatimiz qishloq xo`jaligida amalga oshirilayotgan islohotlar, qabul qilingan me'yoriy hujjatlar, amalga oshirilayotgan dasturlar, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi sharoitida tarmoqni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlani yoritishga hamda mavzular bo`yicha statistik ma`lumotlardan keng foydalanishga harakat qilindi. O`quv qo`llanma oliy o`quv yurtlarining iqtisodiy ta`lim yo`nalishidagi bakalavrlar uchun mo`ljallangan.
-
Oliy matematika 1-qism
Ushbu o'quv qo'llanma universitetlarning tabiiy, ijtimoiy va gumanitar fanlar sohalariga kiruvchi yo'nalishlardagi oliy matematika fanini o'rganuvchi talaba yoshlar va barcha kitobxonlar uchun tavsiya etiladi.
-
Diskret matematika va matematik mantiq fanidan misol va masalalar to'plami
O'quv qo'llanma 4 bob 14 paragrafdan iborat. Birinchi bobi to'plamlar nazariyasi bo'lib, ikkita to'plamlar va munosabatlar paragrafiga ajratilgan. Ikkinchi bob mulohazalar algebrasi, uchinchi bob bul funktsiyalarida beshta paragraf va to`rtinchi bob mulohazalar hisobidan iborat. O`quv qo`llanma Oliy ta'lim muassasalarining 5130100-Matemetika, 5130200-Amaliy matematika va informatika ta'lim yo`nalishlari fan dasturidagi mavzular asosida tuzilgan.
-
Analitik mexanikadan masalalar yechish
Mazkur o`quv qo‘Ilanma Universitetlarning fizika, mexanika, matematika va amaliy matematika yo'nalishlarining o'quv dasturi asosida yozilgan. O‘quv qo'llanmada, e’tibor asosan analitik mexanikaning asosiy qonunlari va usullarini bayon etishga, bu qonun hamda usullarni masalalar yechishda qo'Ilashga qaratilgan. Ushbu o ‘quv qollanmadan shu sohada tahsil olayotgan talabalar va texnika yo'nalishidagi ta’lim oluvchilar hamda muhandislar ham foydalanishlari mumkin.