-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Қизил ва қора
Ушбу романда бир қанча инсонларнинг ҳаётий кечинмалари акс эттирилган бўлиб, у кнг китобхоналр оммасига мўлжаллаган.
-
Қиморбоз
Ушбу асарда бир қанча инсонлар ҳаётий кечинмалари акс эттирилган бўлиб, асар кенг китобхонлар оммасига мўлжалланган.
-
Заҳриддин Муҳаммад Бобур ва унинг авлодлари
Ушбу асрда Заҳриддин Муҳамад Бобур ҳаёти ва ижоди тўғрисида батафсил маълумотлар берилган бўлиб, асар кенг китобхонлар оммасига мўлжаллаганган.
-
Амир Темур сулоласи
Соҳибқирон Амир Темур ва унинг Марказий Осиё, Хуросон, Эрон ва Ҳиндистонда беш асрга яқин ҳукм сурган сулоласи беназир катта хонадонни ташкил этади. Шажаранинг бардавомлиги бевосита давлат аҳамиятига молик бўлган оилавий тарбияга боғлиқ бўлганлиги, ўзликни, шаънни, ор-номусни сақлаш халқимизда узоқ асрлар давомида сайқал топган миллий менталитет, урф-одатлар, удумлар бағрида етилганлиги, равнақ топганлиги Соҳибқирон тамал тошини қўйган тожу тахт ворислари ҳаёт йўли мисолида кенг кўламда тадқиқ этилди.
-
Уста ва Маргарита
«Уста ва Маргарита» романи ғаройиб биносининг бунёд этилишида Булгаков истеъдодининг бу уч тури баб-баравар ёинки деярли баб-баравар хизмат кўрсатди. Уларнинг ҳар жиҳатдан чатишиб, ягона дарё оқимига қўшилуви асарнинг энг яхши саҳифаларини ташкил қилганким, бу айни вақтнинг ўзида нафақат романнинг, умуман олганда Булгаков бадиий сўз санъатининг улкан ютуғидир. Романда шундай саҳифалар борки, уларда Булгаков сатирасининг, Булгаков фантастикасининг ва турган гапки Булгаков аниқ реалистик насрининг чўққиси ўз ифодасини топган.
-
Хўрланган ва ҳақоратланганлар
Бу китоб инсонийлик қадр-қиммати, инсонлараро муҳаббат, садоқат ҳақида. Жамиятда қандай мавқеда бўлишдан қатъи назар табиат инъом этган умрни яхшиликларга сарф қилмок, уни бидъатга, нафсга алданиб беҳуда ўтказмасликка чақиради бу асар. Бераҳм, очкўз бир инсон ҳаётга яхшилик кўзи билан қаровчи, одамларга яхшилик қилишни ҳаётий маслаги деб билувчилар ҳаётини, тавдирини остин-устин қилиб юборади. Қалби севги билан лиммо-лим тўлган Наташа, юраги самолар қадар беғубор Алёша, тилида қизини "ок" қилгану аммо бутун вужуди унга талпинишдан толмаган Ихменев, мурғак юракчасида севги куртак очган, аммо тақдирнинг бевафо ҳукми туфайли нобуд бўлган Нелли ва уларга ҳамиша мададкор ва таянч бўлган Ваня...
-
Andisha va g‘urur
Jeyn Ostin «Andisha va g‘urur» («Gordost i predubejdeniye») asarida qishloq dvoryanining qizi Elizabet Bennet bilan o‘zining kelib chiqishi, boyligi ila mag‘rur boy pomeshchikning o‘g‘li Fitsuilyam Darsi o‘rtasidagi sarguzashtlarni hikoya qiladi. Asar 1813-yilda nashr qilinib, adabiyot dunyosida katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Ushbu asar haqida o‘sha paytdagi «Britaniya tanqidchisi» jurnali shunday yozgan edi: «Asar shu paytgacha o‘quvchilar hukmiga havola qilingan bu turdagi hamma romanlardan yuqori turadi». Umid qilamizki, mazkur asar hurmatli o‘zbek kitobxonlariga ham manzur bo‘ladi.
-
Otalar va bolalar
Mashhur rus yozuvchisi I.S.Turgenevning o‘z davrida katta shuhrat qozongan ushbu “Otalar va bolalar” romani rus adabiyotshunosligida yozuvchi ijodining cho‘qqisi sifatida talqin etiladi. Adib bosh qahramon Bazarov obrazida hurfikrlilik va yangilik sari intilish kabi fazilatlarni asaming asosiy g‘oyasi sifatida talqin etadi. Kitobdagi voqealar o‘sha davrda chiriy boshlagan jamiyatni shunchaki isloh etish emas, balki poydevorini tagtugi bilan yo‘q qilib, yangisini barpo etish kerakligini ko‘rsatib beradi. Turgenev Bazarovdagi nigilizmni (barcha narsalarni inkor qilish) tasvirlash orqali rus yoshlariga xos xaraktemi ham namoyon etgan.
-
Dengiz haqida so‘zlab ber menga
Hayotning bebaholigi, nurning tuganmasligi va abadiyligi, o'tayotgan har lahzaning qadrli ekani- inson tafakkurini hamisha idrok etishga chorlab keladi. Bu dunyoda baxtning ham, baxtsizlikning ham shifosi bor. Kim umrini qanday va qanaqa yashab o'tishi o'ziga bog'liq. Ushbu asar bizni hayotga teranroq qarashga, yoruqlikka inyilish bilan orzularimizni ro'yobga chaqish va vaqtni isrof etmaslikka da'vat etadi.
-
Минг қуёш шуъласи
Таниқли америкалик афғон адиби Холид Ҳусайний қаламига мансуб, жуда катта шов-шувларга сабаб бўлган асарни ҳукмингизга ҳавола этмоқдамиз. Асарда яқин ўтмишда, биздан атиги бир неча юз чақирим йироқда юз берган ҳаққоний воқеалар тилга олинган. Асар қаҳрамонларининг фожиавий қисмати билан танишаркансиз, уларга нисбатан ҳамдардлик ҳиссини туйиш баробарида тинчлик, осойишталик, фаровонлик сингари неъматларнинг қанчалик бебаҳо эканини англаб етасиз. Қалбингизда биз яшаётган замон ва макон учун беҳад шукроналик жўш уради.
-
Avlodlar dovoni
0‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 13-sentyabrdagi «Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlan-tirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risida»gi qaro-rida yosh avlodning ma’naviy intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat va sadoqat tuyg'usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos aha-miyatga ega bo'lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan. Ulug‘ adib, 0‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirovning «Avlodlar dovoni» romanini mutolaa qilgan yosh kitobxonlarning ma’naviy olami shunga yarasha bo'ladi. Ushbu nashming o‘ziga xos jihatlaridan biri shundaki, unda bugungi yosh kitobxonlarga ayrim so‘z hamda iboralar yanada tushunarli bo‘lmog‘i uchun tegishli va zarur izohlar ham berilgan. Asarda Boburiylar sulolasining davomchilari Humoyun va Akbar shohlar hayoti, hayotiy sarguzashtlari tasvirlangan.
-
Ko‘hna dunyo
Odil Yoqubovning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan o‘ttiz uch yil o‘tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad – ulug‘ allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o‘quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan. Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga aylanguncha bo‘lgan davrni jonli va rangli bo‘yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. Har ikki ulug‘ ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o‘quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
-
Chinor
Asqad Muxtorning bu romani sharq adabiy an’analarini eslatuvchi yangi bir shaklda yozilgan. Chinorning azim shoxlariday har tomonga tarvaqaylab ketgan qissalar jonli voqelikni aks ettirsa, uning teran ildizlari – hikoyatlar yaqin o‘tmish haqida, rivoyatlar esa pildirab uchgan yaproqlar singari yengil, ular badiiy tafakkur qanotida qadim afsonalarga borib tutashadilar... Bularning hammasi ham bir o‘zbek oilasi haqida. Bu oila katta, qadimiy, madaniy, mehnatkash va shu ma’noda «tagli-zotli». Uning har bir a’zosi xalq hayotida ma’lum bir mas’uliyatli yukni o‘z zimmasiga olgan. Jonajon tuproqqa chuqur tomir yoygan, baquvvat va qadimiy Chinor mangulik ramzi, xalqimiz timsolidir. Oila boshi Ochil buvaning safari bilan shartli ravishda o‘zaro bog‘langan qissalarning har biri mustaqil axloqiy-estetik fikrni ilgari suradi. Hikoyatlar va rivoyatlar esa bu fikrni quvvatlab, yanada mustahkamlaydi.
-
100 mumtoz faylasuf
Qo‘lingizdagi kitobda jahon falsafasining XX asrgacha yashab ijod kelgan mumtoz vakillari hayoti va quyma fikrlari imkon darajasida jamlangan. Majmua nafaqat falsafa ixlosmandlari, balki o‘quvchilarning keng ommasi uchun ham tushunarli, foydali va qiziqarli. Chunki majmuadagi ibratli hayot yullari haqidagi ma’lumotlar va purma’no fikrlar o‘zini o‘zi isloh qilish istagida bo‘lgan, haqiqatning rang-barang manzaralaridan zavq olishga qodir hech bir kimsani befarq qoldirmaydi.
-
Избранное. Стихотворения
Здесь нет ни малейшей позы. Стихи действительно рож- дались в огне, который в последнем танковом бою был беспощаден к С. Орлову.
-
100 jumboqli hikoya
Mazkur kitob yuzta hikoyadan iborat. Hikoyalar asosan rivoyatlar, qiziqarli faktlar asosida yozilgan. Va har bir hikoyada bir sir yashiringan. Hikoya so'nggida keltirilgan savolga to'g'ri javob topish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi.