-
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
-
-
АСК корхоналарида бухгалтерия ҳисоби
Дарслик олий ўқув юртларининг иқтисодиёт факультети талабалари учун мўлжалланган.
-
Buxgalteriya hisobi nazariyasi
Mazkur darslik iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, undan shu sohaga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo`ljallangan.
-
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi
Oliy asab faoliyati fiziologiyasi - bu inson va hayvon organizmining bir butunligi, uning tashqi va ichki muhit bilan uzviy bog`liqligi, organizm a`zo-tizimlari, to`qima va hujayralarning fiziologik faoliyati, organizm faoliyatini boshqarish mexanizmlari, muhit o`zgarishlariga moslashish mexanizmlari haqidagi fandir.
-
Pul, kredit va banklar
Darslik iqtisodiyot yo`nalishdagi talabalar va o`qituvchilar, bank va moliya sohasidagi mutaxassislar uchun mo`ljallangan.
-
Iqtisodiy- matematik modellar va usullar
Darslikdan yosh o`qituvchilar, magistrantlar hamda aspirantlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Boshqaruv nazariyasi
Darslik namunaviy o‘quv dasturi asosida tayyorlangan bo ‘lib, undan oliy o ‘quv yurtlari talabalari, tadqiqotchilari, o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari foydalanishlari mumkin.
-
Микроиқтисодиёт
Дарслик иқтисодий олий ўқув юртлари талабалари, магистрлари, аспирантлари ва ўқитувчилари учун мўлжалланган.
-
Меҳмонхона менежменти
Ушбу дарслик туризм мутахассислиги бўйича таълим олаётган бакалаврлар, магистратура тингловчилари ҳамда меҳмонхона менежменти билан шуғулланувчи ва барча қизиқувчиларга мўлжалланган.
-
Melioratsiya va qurilish mashinalaridan foydalanish va texnik servis
Ushbu darslik «Melioratsiya va qurilish mashinalaridan foydalanish (ishlatish) va texnik servis» fanidan «Suv xo'jaligi va melioratsiya ishlarini mexani- zatsiyalash» ta’lim yo'nalishida tahsil oluvchi bakalavriat va magistratura talabalariga mo‘ljallangan. Darslikda qurilish va melioratsiya mashinalaridan foydalanish (ishlatish)ning texnologik asoslari (mashinani qabul qilish, transportirovka qilish, yonilg‘i-moy mahsulotlari bilan ta’minlash, ish jihozini yig'ish va o‘rnatish, samarali ishlatish omillari, rostlanadigan mexanizmlar va ularni rostlash yo'llari, ishlatishga tayyorlash va ishlatish, ishlatishda sodir bo‘ladigan nuqsonlar va ularni bartaraf qilish yo'llari) va mashinalarga texnik xizmat ko‘rsatish (ishga yaroqliligini ta’minlash asoslari, texnik xizmat ko'rsatish vositalari va texnologiyalari, texnik tashxis qo'yish, yeyilgan detallarni tiklash) haqida ma’lumotlar berilgan.
-
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi
«Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi» nomli ushbu darsiik oliy ta’lim muassasalarining «5311600 - Konchilik ishi», «5630100 - Ekologiya va atrof- muhit muhofazasi», «5640100 - Hayotiy faoliyat xavfsizligi» yo'nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Ushbu darslikda ishlab chiqarish sohalarida qollaniladigan konstruksion materiallar, metall va qotishmalaming tarkibi, strukturalari, xossalari, ularni rudadan ajratib olish usullari hamda tayyorlanma olish yo'llari, shu bilan birga, aniq o'lchamli detallar tayyorlash usullari to‘g‘risida ma’lumot berilgan.
-
Materiallar qarshiligi
Materiallar qarshiligi - inshootlar elementlari va mashinalar detallarining mustahkamligi va deformatsiyalanuvchanligi (ishlov berishga moyilligi) ni, ularni tayyorlashda foidalaniladigan materiallarning fizikmexanik xossalari va tuzilishiga xos xususiyatlarni oʻrganuvchi fan. Asosiy vazifasi — elementlar va detallarga statik va dinamik kuchlar (nagruzkalar) taʼsir etganda ularni mustahkamlik, bikrlik (qattiklik), ustuvorlik va tebranishlarga hisoblash usullarini ishlab chiqish. Asosiy oʻrganish obʼyektlari — nazariy va amaliy usullarda tadqiq qilinadigan sterjen va plastinalar (elementlar va detallar sterjen hamda plastinalardan tayyorlanadi). Materiallar qarshiligining nazariy qismi nazariy mexanika qonunlariga, jismlarning qayishqoq deformasiyalanishi (shaklining oʻzgarishi, ezilishi va boshqalar) nazariyasiga asoslanadi. Amaliy qismi turlituman sinovlar, fizika va materialshunoslik krnunlariga asoslanadi.
-
Odam anatomiyasi
Tibbiyot institutlariga hozirgi zamon talablariga to`la javob bera oladigan mutaxassislar tayyorlash vazifasi yuklatilgan. Talabalar chuqur bilim olishlari uchun zarur sharoitlar yaratish, ularni davlat tilidagi o`quv adabiyotlari bilan ta`minlash maqsadida Respublikamizdagi Tibbiyot institutlarning oliy malakali hamshiralik ishi fakulteti talabalari uchun o`zbek tilida odam anatomiyasi darsligi tayyorlandi.
-
Marketing
Mazkur darslikda, bozorshunoslikning yetuk jahon olimlari va biznesmenlari erishgan fan yutuqlari hamda amaliy tajribalari natijasida shakllangan nazariya va uslublari yoritildi.
-
Odam anatomiyasi
Mazkur kitob O‘zbekiston Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tibbiyot institutlarining bakalavriat yo‘nalishidagi talabalari uchun darslik sifatida tavsiya etilgan. Undan shu soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin. Kitobda bola tug‘ilishidan boshlab, to yetuk shakillanguncha bo'lgan o‘ziga xos anatomik o'zgarishlar batafsil yoritilgan.
-
Odam anatomiyasi
Ushbu darslik tibbiyot oliy o`quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan bo`lib, unda talabalar tibbiyotning eng muhim fani hisoblangan anatomiya va morfologiyaga oid yangiliklar bilan yaqindan tanishadilar. Muallif ushbu darslikda har bir darslikda a`zoning, qolaversa, anatomik sistemalarning tuzilishi, embrional o`sishining yosh va jinsga qarab o`zgarib turishini tushunarli va qiziqarli qilib bayon etishga uringan. Kitobda ichki a`zolarning anatomik tuzilishi, ularning qon tomirlar va nervlar bilan qanday qilib ta`minlanganligi yaqqol tasvirlab berilgan.
-
Tehnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish
Darslikda metrologiya asoslari, sanoat ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarning parametrlari (harorat, bosim, sarf, konsentratsiya, zichlik, qovushqoqlik, mexanik kattaliklar) ni nazorat qilish usullari va asboblari tavsiflangan.