-
-
-
-
-
-
-
-
-
Aloqa. Kommunikatsiya texnologiyalari
-
-
-
-
-
-
Amaliy mexanika
Taqdim etilayotgan darslik oliy va o 'rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Amaliy mexanika» fani dasturi asosida yozilgan bo'lib, oliy texnik o ‘quv yurtlarini talablari uchun darslik sifatida tavsiya qilingan. Darslikni yozishda mualliflaming Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat institutidagi ko‘p yillik faoliyatlari hamda qator OTMlarda to'plangan tajribalardan, uslubiy materiallardan foydalanilgan. Kitob texnologiya yo'nalishda tahsil olayotgan talabalar uchun mo'ljallangan bo'lib, «Materiallar qarshiligi», «Mashina va mexanizmlar nazariyasi», «Mashina detallari» qismlaridan iborat. Har bir qismdagi materiallami yoritishda uning nazariy asoslari berilgan bo'lib, boblarning yakunida o'tilgan materiallaming qanday o'zlashtirilganini tekshirish uchun savol va topshiriqlar berilgan hamda namuna sifatida masalalar yechib ko'rsatilgan. Darslikni ikkinchi qismi prof. A.D.Jurayev, birinchi va uchinchi qismlarni dotsent R.Tojiboyev yozgan. Mualliflar foydali maslahatlari uchun prof. R.Karimov, prof. Sh.Alimuhamedovlarga chuqur minnatdorchilik bildiradilar.
-
Nafas organlari kasalliklari
Keyingi yillarda nafas olish tizimi xastaliklari aholi o ‘rtasida boshqa kasalliklarning kelib chiqishiga ham sabab bo'lmoqda. Nafas organlari kasalliklarining ko'payishi oqibatida mehnat qobiliyatini yo'qotish, ba’zida esa o‘lim hollarining ko'payishi kabilar kuzatilmoqda. Shu ma’noda «Nafas organlari kasalliklari» darsligi nazariy va amaliy ahamiyatga ega. 0 ‘quv adabiyotida nafas olish organlari kasalliklarining tasnifi, ularning kelib chiqish sabablari va asoratlari tahlil qilib beriladi. Shuningdek, kitobda muallifning kasallikning oldini olish va davolashga doir ko‘rsatmalari ham diqqatga sazovordir.
-
Ichki yonuv dvigatellari
Kitobning I qismida ishchi jarayonlar va ularni IYOD ning energetik, tejamkorlik va ekologik ko'rsatkichlariga, shuningdek, ishonchlilik parametrlariga ta'siri ham ko'rib chiqilgan. Dvigatellarning konstruksiyasi va ishlatilishining o'ziga xosligini ish jarayonlarining kechishiga ta'siri tahlil qilinadi. Kitobdning II qismida krivoship-shatun mexanizmi kinematikasi va dinamikasi bo'yicha ma'lumot berilgan, IYOD va ularning qismlarini muvozanatlash, tebranishi. shovqini va titrashi masalalari yoritilgan; IYOD delallari va tizimlarining ishlash sharoiti konstruksiyalarining o'ziga xosligini tahlili va hisobi keltirilgan. EHM dan foydalanib IYOD ning loyihalash asosi ko'rib chiqilgan
-
Умумий энтомология курси
Ушбу дарсликда ҳашаротларнинг морфологияси, анатомия ва физиологияси, биологияси, экологияси, систематика ҳамда классификацияи содда тилда баён қилинган. Ҳар қайси қисмда алоҳида амалий машғулотлар берилган. Амалий машғулотларни бажаришда назарий қисмда берилган расмлардан фойдаланиш мумкин. Дарслик асосан қишлоқ хўжалик институтларининг студентлари учун мўлжалланган. Ундан қишлоқ хўжалигининг бошқа соҳаларида ишлайдиган мутахассислар, яъни агроном-энтомологлар, малака ошириш курсларининг тингловчилари, шунингдек мактабларининг ўқитувчилари ҳам фойдаланишлари мумкин.
-
Ekologiya
Hozirgi zamon ekologiyasining atmosferani, oqar suvni, tuproqni zaharli gazlar va chiqindilardan tabiatni muhofaza qilish yoritilgan. O`zbekistondagi ekologik holat bugungi kun ma`lumotlari bilan bog`lab qo`yilgan. Darslikda iqlimo`zgarishi, global isish va ekologik xavf uning oqibatlari to`g`risida alohida yangi bob kiritilgan. Shuningdek, rahbariy hujjatlar, qonunchilik hujjatlari ham keltirilgan. Darslikdan ekologiya fani o`qitiladigan kollej talabalari, magistrlar, ilmiy xodimlar ham foydalanishlari mumkin.
-
Бухгалтерия ҳисоби
Дарсликнинг ушбу нашри бухгалтерия ҳисоби юритишнинг янги шаклларини ҳисобга олган ҳолда тайёрланиб, унда бухгалтерия ҳисоби назарияси, саноатда бухгалгерия ҳисобини ташкил қилиш, капиталлар, фондлар ҳамда захираларни ҳисобга олиш ва шу каби бошқа масалалар ёритилган.
-
Чанг
Ушбу қўлланма мусиқа ва санъат коллежлари хамда лицейлари ўқувчиларига чанг чолғусида ижро этишни ўрганиш бўйича асосий дарсликдир. Дарсликнинг биринчи қисмида чангда товуш чиқариш йўлларини, ижро услубларини ўзлаштиришга қаратилган методик кўрсатмалар ёритилган. Иккинчи асосий қисмида эса чанг чолғуси учун мослаштирилган хилма-хил мусиқий асарлар берилган.
-
Geoaxborot tizimi va texnologiyalari
Ushbu darslik ta'lim muassasalarining "Geodeziya, kartografiya va kadastr", "Yer tuzish va yer kadastri", "Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi","Suv resurslari va ulardan foydalanish", "Geografiya va gidrometeorologiya" yo'nalishlari bo'yicha ta'lim olayotgan talabalarga mo'ljallangan bo'lib, unda Geografik axborot tizimlarida manbalarni to'plash, ma'lumotlar bazasini hosil qilish, mavzuli kartalarni tuzish yo'llari batafsil bayon etilgan.
-
Sud tibbiyoti
Ushbu kitobda sud tibbiyoti faniga doir barcha ma’lumotlar, sud tibbiyoti ekspertizasining nazariy asoslari, ob’yektlari, uning barcha turlari haqidagi bilimlar to‘lig‘icha mujassamlantirilgan bo'lib, bunday ma’lumotlarni o ‘zlashtirish orqali talabalar ushbu soha bo'yicha to ‘liq va aniq tushunchaga ega bo'Iadilar.
-
Ma'lumotlar bazasini boshqarish sistemasi
Mazkur kitobda ma’lumotlar bazasini loyihalash, uning usullari va ma’lumotlarni ma’lum bir tizimga keltirish haqida tushunchalar hamda loyihalashga doir bir qator misollar berilgan. Windows-95 va uning keyingi versiyalari asosida ishlaydigan Access-ma’lumotlar bazasini boshqarish sistemasining tafsiloti keltirilgan. Accessning tarkibini tashkil etuvchi asosiy elementlar - jadvallar, so'rovlar, formalar, hisobotlar, modullar, makroslar, misollar va rasmlar yordamida keng yoritilgan.
-
Chet til o'qitish metodikasi
Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo ‘lmish tilni tabiiy muhitda (oilada,jamoatchilik orasida) yoki uyushgan holda (darsda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o‘rganiladi. Ma’lumki, chet tilni o‘rgatish-o‘rganish muayyan jihatlari bilan ona tili va ikkinchi tildan keskin farqlanadi. Bu esa, o‘z navbatida, tegishli chet til o‘qitish texnologiyasini qo‘llashni taqozo etadi. Ushbu kitob mana shunday farqlar bilan birga ta’lim muassasalarida chet til o‘qitish usullari, chet til darslarini tashkillashtirish, o‘tkazish va h.k. ko'plab metodik masalalarni yoritib bergan. Kitob chet ellar va mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilgan darslik va qo‘llanmalar hamda o‘zbek maktablari tajribasini yoritadigan metodik manbalarga asoslanib yozilgan.
-
Ўсимликлар карантинида фитоэкспертиза
Ушбу дарсликда район, шахар, вилоят чегара масканларида Республикада учрамайдиган ва таркалиши чегараланган ўсимлик карантин касалликларини аниқлаш учун материаллардан намуна олиш, микологик, бактериологик, вирусологик, нематодалогик анализ қилиш асосида карантин объектларини аниклаш, интродукцион карантин питомникларида синаб кўриш ва карантин объектларини зарарсизлантириш усуллари тўғрисида маълумотлар берилган. Дарслик шу сохда буйича мутахассисларига, магистрларга, аспирантларга, талабаларига мўлжаллаб ёзилган.
-
Bino va inshootlar konstruksiyasi
Ushbu darslikda bino va inshootlar kategoriyalari , turlari, ularning vazifaviy belgilari olovbardoshlilik , zilzilabardoshlik klasslari ,imoratlarni loyihalash tehnologiyasi -avtomatlashtirish tizimi ,ijro etishda konstruktiv yechimlar topish poydevor turlari va ularni loyihalash amaliyoti,turli materiallardan; mahalliy homashyolardan , beton va temir -beton , po'lat , yog'och hamda koompozit materiallardan tayyorlangan konstruksiyalar ,xarakteristikalari , ulardan foydalanish haqida bilimlar berilgan.
-
Высшая математика (3-часть)
Учебник содержит 9 параграфов по теории вероятностей и математической статистике. Материал, изложенный в книге, является математической базой для многих (но не всех) математических методов, применяемых в экономических моделях. Пособие предназначено бакалаврам всех направлений области знания «Экономика», и написано в соответствии с требованиями государственного стандарта.
-
Биология
В книге освещены основные свойства жизни и эволюционные процессы последовательно на молекулярно генетическом онтогенетическом популяционно видовом и биогеоценотическом уровнях организации.
-
Юқумли касалликлар
Мазкур дарслик ўқув дастурига мувофиқ ёзилган. Дарсликда Ўрта Осиёда кўпроқ учраб турадиган юқумли касалликлар (ичанинг юқумли касалликлари, гепатит, бруцеллез ва шу кабилар) иложи борича кенгроқ ёритилган. Шу билан бирга касалликлар таърифи ва бошқа материаллар оддий ва равон тилда баён қилинган. Дарслик тиббиёт олий таълим муассасалари талабаларига мўлжалланган.