-
-
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
-
-
-
-
-
San’at. San’atshunoslik
-
-
-
-
-
БЕТОН ТЎЛДИРУВЧИЛАР ТЕХНОЛОГИЯСИ
Дарсликда бетон тўлдирувчиларининг синфланиши ва турлари, тўлдирувчиларнинг асосий техникавий хусусиятлари, ишлаб чиқаришнинг замонавий усуллари, табиий тоғ жинслари ва саноат чиқиндилари асосида тўлдирувчилар ишлаб чиқариш, маҳаллий хомашѐлар асосида сунъий ғовак тўлдирувчилар ишлаб чиқариш, бетон турлари, шунингдек бетон тўлдирувчиларини олишнинг техник – иқтисодий асослари, тўлдирувчилар ишлаб чиқариш технологияси ва корхонасини лойиҳалаштириш ҳамда улардан фойдаланиш ҳақида батафсил маълумотлар берилган.
-
Pedagogika tarixi
O'zbekiston respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng asosiy e'tibor qadriyatlarga an'analarga qaratilib ta'lim -tarbiya masalasiga alohida e'tibor berila boshlandi. Bu o'bek pedagogika tarixining yangi-yangi sahifalarining ochilishiga sabab bo'ladi. Mazkur Pedagogika tarixi kitobi mustaqillik g'oyasi mafkurasi ma'naviyati va tarbiyasi talablardan kelib chikib yozilgan ilk darslik bo'lib pedagogika tarixi kursini o'rganuvchi studentlar soha mutaxasislariga mo'ljallangan.
-
Жаҳон тарихи
Мазкур дарслик республикамизда фаолият кўрсатаётган барча олий ўқув юртлари бакалавр-тарихчилари томонидан жаҳон тарихини ўрганиш учун мўлжалланган.
-
BINO VA INSHOOTLARNI TEXNIK EKSPLUATATSIYASI
Bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga ekspluatatsiya qilish jarayonida turli-tuman omillar ta’sir qiladi. Bulardan tashqari konstruksiyalardagi ekspluatatsiyaviy xususiyatlarning pasayishiga loyihalashdagi xatolar, konstruksiyalarni tayyorlash va montaj qilishdagi nuqsonlar, nomaqbul ekspluatatsiya sharoiti, metallarning zanglashi, biokimyoviy ta’sirlar qo‘shimcha vaziyat vujudga keltiradi.
-
MATERIALLAR QARSHILIGI
Darslikda materiallarning xossalarini tajribada tekshirish, bruslarning cho'zilishi (siqilishi), siljishi, buralishida kuchlanish va deformatsiyalar, tekis kesim geometrik tavsiflari, to'sinlarning to'g'ri ko'ndalang egilishi, kuchlanishlar, deformatsiyalar, murakkab qarshilik hamda konstruksiya elementlarining ustuvorlik qonunlari va dinamik yuklanishlar ta'siri nazariyalari va masalalari yoritilgan.
-
MATERIALLAR QARSHILIGI
Materiallar qarshiligi darsligi oliy texnika o'quv yurtlari talabalari o'rganadigan eng murakkab fanlardan biridir. Shuni hisobga olgan holda mazkur darslik Respublika oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tastiqlagan dastur asosida yozilgan bo'lib, unda materiallarning fizik- mexanik xossalari, cho'zilish, siqilish, siljish, buralish, egilishdagi kuchlanish va deformatsiyalar, murakkab qarshiligiga oid masalalar bayon etilgan.
-
Chet til o'qitish metodikasi
Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan hisoblanadi. Muloqot vositasi bo'lmish tilni tabiiy muhitda ( oilada jamoatchilik orasida) yoki uyushgan holda (darsda) amaliy egallash mumkin. Til hodisalariga oid bilimlar esa nazariy jihatdan o'rganiladi. Ma'lumki chet tilini o'gatish-o'rgatish muayyan jihatlari bilan ona tili va ikkinchi tildan farqlanadi. Bu esa o'z navbatida tegishli chet til o'qitish texnologiyasini qo'llashni taqozo etadi. Darslikdan chet tillar oliy o'quv yurtlari (farultetlari) talabalari muallimlar shuningdek chet tili o'qitish metodikasiga qiziquvchi keng kitobxonlar ommasi foydalanishi mumkin.
-
МАШИНА ДЕТАЛЛАРИ
Ушбу дарслик уч қисмдан иборат бўлиб, техника олий ўқув юртларининг талабалари учун мўлжалланган. Унда машиналарнинг деталь ва узелларини ҳисоблаш, уларнинг иссиқликка, титрашга, ейилишга чидамлилигини аниқлигига доир масалалар ёритилган. Китобда зарур чизмалар, жадваллар ҳамда намуна сифатида масалалар ечиб кўрсатилган.
-
Учебник полифонии
Учебник полифонии,созданный педагогами Московской консерватории, получил широкое распространение в педагогической практике.В нем нашли отражение особенности закономерзостей различных художественных стилей -строгого и свободного письма, а также русского народного многоголосия.
-
Maxsus fanlarni o'itish metodikasi
Darslik m azkur fanni o ‘rganishning nazariy va amaliy asoslarini qam rab olgan. Darslikning maqsadi iqtisodiy tafakktirni shakllantirish uchun dars o ‘tishda qoilaniladigan mavjud metodlar bilan tanishtirish, dars o ‘tishni tashkil etish va uni takom illashtirish, talabalarda iqtisodiy fanlardan dars o ‘tish malakasini hosil qilish bo‘yicha bilim berishdir. Darslik kasb ta ’limi iqtisodchi - pedagog) yo'nalishi talabalari va iqtisodiy fanlardan dars beruvchi o ‘qituvchilarga mo'ljallangan.
-
народные песни и танцы в обработке для баяна или аккордеона
Для учеников и преподавателей музыкальных школ, 1-х курсов музыкальных училищ и колледжей, фольклорных музыкальных коллективов, любителей исполнительского искусства
-
MASHINASOZLIKDA TEXNОLОGIK VOSITALAR
Mazkur darslikda metall kesuvchi dastgohlarda mexanik ishlov berish va yig'ish texnologik jarayonlarini mexanizatsiyalash uchun texno- logik moslamalarni hisoblash va loyihalash metodikasi keltirilgan. Mexanik ishlov berish uchun detallarni bazalashda bazalarni, moslamalarni o'rnatuvchi, qisuvchi, kuch yuritmalari hamda yordamchi elementlarni tanlash hamda aniqlik va kuch hisobini bajarish metodikasi yoritilgan hamda ishlov beriluvchi materiallar, yuzalarning o'lchamlarini aniqligiga qo'yilgan talablar, kesish rejimlarining xossalaridan kelib chiqqan holda asosiy kesuvchi asboblarning turlari, konstruktiv hamda geometrik parametrlarini hisoblash va optimallashtirish masalalari ko'rib chiqilgan.
-
MASHINASOZLIKDA KESUVCHI ASBOBLARNI LOYIHALASH VA ISHLAB CHIQARISH
Darslikda metal qirquvchi asboblarni loyihalash, ularni konstruktiv geometrik ko'rsatkichlari, vazifasi qo'llanilish miqiyosi ko'rib chiqilgan. metal kesuvchi asboblar haqida zamonaviy rivojlanishni hisobga olgan holda, kesuvchi asbob konstruksiyalari keltirilgan. darslikda ko'rsatilgan rasmlar, sxema va jadvallar talabalarga ushbu fanni o'zlashtirishda yordam beradi.
-
УМУМИЙ ПСИХОЛОГИЯ
Мазкур дарслик умумий психология фанига бағишланган бўлиб, психологияга кириш, шахс ва унинг индивидуал-типологик хусусиятлари туғрисидаги материалларни ўзида мужассамлаштирган. Дарсликнинг ўтмишдошларидан фарқи шундаки, унда барча психологик категориялар, муаммолар янгича методологик ёндашув негизига суянган ҳолда талқин қлинади. Унннг биринчи қисмида психологиянинг предмети, тадкиқот методлари, принциплари, психиканинг эволюциои тарақкиёти, фаолият ва онгнинг психологик тахлили умумлаштирилган. Дарсликнинг мккинчи кисмида шахс туғрисида тушунча, унинт тузилмаси, назариялари, асосий методлари, шахс эҳтиежлари, мотивацияси, қизиқиши, эмоцияси (ҳиссиёти), ҳарактери, иродаси, қоблиятн, темпераменти. билиш жараёнлари ҳамда уларнинг жаҳон психологияси фанида ўрганилиши масалалари ўз ифодасини топган. Дарслик психолог мутахассисларни назарий ва амалий маълумотлар билан қуроллантириш имкопиятига эга.Дарслик психолог мутахассисларга, аспирантларга ва одий мактаб ўкитувчиларига мўлжалланган.
-
MASHINASOZLIK TEXNOLOGIYASI ASOSLARI
Darslikda mashinasozlik texnologiyasining nazariy asoslari bayon qilingan bo'lib, mexanik ishlov berishda aniqlikni ta'minlash, zagotovkalarni moslamalarga o'rnatish va bazalash, mexanik ishlov berishda qo'yımlar va ularni hisoblash va mahsulot konstruksiasining texnologiyabopligi masalalari keng yoritilgan.
-
АРХИТЕКТУРА ФИЗИКАСИ I қисм
Мазкур дарсликда бино ва иншоотлар ҳамда уларнинг ташқи тўсиқ конструкцияларини иссиқлик-физик жиҳатдан лойиҳалашнинг назарий асослари ёритилган. Биноларда меъёрий микроиқлим яратишнинг назарий услублари баён этилган. Ташқи тўсиқ конструкциялар иссиқлик-физик ва намлик ҳолатининг муҳандислик ҳисоблари, жумладан, иссиқлик ва ҳаво ўтказувчанлик қаршилиги, иссиқлик устуворлиги, ҳаво ўтказувчанлик ҳамда иссиқлик-физик хусусиятлари ёритилган.