-
-
Veterinariya va chorvachilik
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
-
-
Integral tenglamalar
Darslikda integral tenglamalarning klassik nazariyasi bir o'lchovli Fredgolm tenglamalari uchun uzluksiz funksiyalar sinfida bayon qilingan. Bolterraning integral tenglamalariga alohida bob ajratilgan.
-
Qishloq xo`jalik chorva mollarini oziqlantirish
Kitobda qishloq xo‘jalik chorva mollarini me’yor asosida oziqlantirishning ilmiy asoslari, hozirgi davrga qadar qo‘llanib kelingan va qo‘llanilayotgan oziqlantirish tartiblari, oziqlarning kimyoviy tarkibi, hazm bo‘ladigan oziq moddalar, ularning mol me’dasida hazm bo‘lishi haqidagi tushunchalar yoritilgan. Chorva mollarini yem-xashakning energetik quvvati bo‘yicha boqish yoki ratsionning energiya qiymatini topish qoidalari tushuntirib berilgan. Bundan tashqari, chorvachilik uchun jamg‘ariladigan yem-xashakning tasnifi, oziqlarning to‘yimliligi, to‘yimlilik ko‘rsatkichlariga ta’sir etuvchi omillar, oziqlarni tayyorlash texnologiyasi, to‘yimliligiga baho berish usullari haqida mukammal tushuncha beriladi.
-
Dermatovenerologiya
Darslikda O'zR Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, O'zR. Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan o'quv dasturiga kiritilgan teri va tanosil kasalliklar ining etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi, profilaktikasi, davosi va laboratoriya tashxisoti mezonlari hozirgi zamon talab doirasida yozilgan. Darslik 3 qismdan iborat bo'lib, uning birinchisida dermatovenerologiya va koxretologiya fanining rivojlanish tarixi, teri anatomiyasi, gistologiyasi, fiziologiyasi va patomorfologik belgilari hamla davolash prinstiplari bayan qilingan Ikkinchi qismida esa teri va tanosil kasalliklarining etiologiyasi. patogenezi, epidemiologiyasi, klinikasi va davo uslublari bilan birgalikda kasalliklarni oldini olish choralari ham yoritilgan. Kitobning uchinchi qismida multifaktorli teri kasalliklari bilan hirgalikda parazitar, zamburug'li hamda tanosil kasalliklarining zamonaviy lahoratoriya tashxisoti mukammal qilib bayon qilingan. Darslik tibbiyot institutlarining talabalariga mo'ljallangan. Shu bilan birga undan amaliyotda ishlayotgan dermatovenerolog, kosmetolog. akusher-ginekolog, urolog, epidemiolog, parazitolog va klinika diagnostiku laboratoriyasi mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.
-
-
BOLALAR KASALLIKLARI
Pediatriya yunoncha "pedos" bola, "uatriya" davolash so'zlaridan kelib chiqqan bo'lib, bolalarning rivojlanish qonuniyatlarini, kasalliklarning sabablari va mexanizmi, davolash va oldini olishni o'rganadi. Katta odamlardagi ko'p kasalliklarning kelib chiqishi go'daklik yoshiga borib taqaladi. Shuning uchun, bolalik davri, rivojlanish sharoiti va bola tarbiyasi qanday o'tgan bo'lsa, katta odamning sog'ligi holati xuddi shunday bo'ladi. Pediatriya bolaning o'sish va rivojlanish davrlarini, bola hayotining har bir yosh bosqichlariga xos alohida morfologik, fiziologik va psixologik o'zgarishlarni o'rgatadi. Shu sababli bolaning klinik anatomiyasi to'g'risidagi bilimlar o'z vaqtida tekshirish usullarini o'tkazish va olingan natijalarni baholashga asos bo'ladi. Bundan tashqari, asosiy anatomo-fiziologik xususiyatlarni hisobga olish, bolaning kun tartibi va hayot muhitini aniq tashkillashtirishga asos bo'ladi. Umumiy amaliyot shifokori (UASh) bola va uning ota onasi bilan doimiy muloqotda bo'ladi. UASh yaxshi psixolog va pedagog bo'lishi kerak. Bu unga ota-ona va bemor oldida o'z obro'sini ko'tarishiga yordam beradi, natijada bolani tezroq tuzalishiga olib keladi.
-
-
LOTIN TILI VA MEDITSINA TERMINOLOGIYASI
Lotin tili va meditsina terminologiyasi fani darsligi kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan o'quv dasturi asosida qayta ishlandi va to'ldirildi. Fonetika, harf va tovushlar tasnifi, odam skeleti va ichki a'zolari, dori shakllari, dorivor o'simlik qismlariga doir ma'lumotlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi. Ushbu darslikda tibbiy atamalarning yasalishi va ularning zamonaviy tibbiyot terminologiyasi (anatomik, davolash hamda dorishunoslik)da qo'llanilishi berilgan. Darslikdagi mavzular boblarga bo'lingan. Qo'shimcha ma'lumotlarda kasallik nomlari, tibbiy fanlar va davolash usullari, shuningdek, xalq tabobatida qo'llaniladigan shifobaxsh o'simliklar va mevalarning lotin- cha nomlari berilgan.
-
TASVIRIY SAN'AT O'QITISH METODIKASI
Mazkur darslikda tasYiriy san'at o'qitish metodikasi fanini maqsad vazifalari, boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at ta'lim mazmuni uni o'qitish metodikasi, boshlang'ich tasviriy san'at аsоslагi, natyurmort, rangshunoslik, badiiy bezak gгаfikаsi, haykaltaroshlik, tasvirlarning metodik asoslaгi kabi masalalar o'z aksini topgan.
-
Теория и методика настольного тенниса
Эта книга — первый отечественный учебник, в котором обобщены и систематизированы современные научные исследования и передовой опыт ведущих специалистов по настольному теннису. В учебнике рассмотрены исторические этапы развития настольного тенниса, эволюция правил игры, научные основы ее техники и тактики, представлена сбалансированная, целостная, предельно детализированная система подготовки игроков в настольный теннис, показаны методы тренировки.
-
-
Bolalar terapevtik stomatologiyasi
Bolalar terapevtik stomatologiyasi fanidan o'quv darslik. Toshkent. 2017, 444 b. Darslik davlat standartlari va namunaviy dasturlar asosida yozilgan bo'lib 2-qismdan iborat. I qismda Bolalar terapevtik stomatologiyasi fani yoritishi kerak bo'lgan, bolalar yoshida uchraydigan og'iz bo'shlig'i a'zolari kasalliklari, ularning zamonaviy tasnifi, klinik belgilari, tashxis qilish usullari va davolash choralari yoritilgan. Ikkinchi qisımda stomatologik kasalliklarni oldini olish tadbirlari, ularni amalga oshirish usullari, amaliyot shifokorlari tomonidan amalga oshirishi kerak bo'lgan muolajalar va sanitar maorif oqartuv ishlari keng bayon etilgan. Darslik tibbiyot oliy o'quv yurtlarining stomatologiya fakulteti talabalari, magistrantlari, klinik ordinatorlar, shifokor stomatologlar va pedagoglar uchun mo'ljallangan.
-
Matematika o'qitish metodikasi
Mazkur darslikda keltirilgan barcha nazariy va amaliy mavzulaming mazmuni matematika o‘qitish metodikasi fanining amaldagi dasturiga to‘la mos keladi. Darslikning barcha boblarining oxirida mustaqil ishlash uchun misollar, o‘z-o‘zini nazorat qilish uchun savollar hamda tayanch iboralar keltirilgan.
-
Болалар хирургияси
Дарслик болалар хирургиясининг энг муҳим бўлимлари ҳисобланган абдоминал, торакал, урологик, проктологик, юрак-қон томир туғма ва орттирилган хирургик касалликлари, йирингли ва чақалоқлар хирургияси, болалар травматологияси ва ортопедияси, нейрохирургияси, анесте зиология ва реаниматологиясини уз ичига олган. Китобда болалар организмининг анатомик-физиологик хусусиятлари ва ҳар бир аъзо тизими касалликларини ўрганишдан олдин ушбу аъзо иинг топографик анатомияси берилган. Дарслик замонавий ўқув дастури асосида ёзилиб, тиббиёт институтлари талабаларига, болалар хирургларига ва амалиёт шифокорларига мўлжалланган.
-
БОЛАЛАР ВА УСМИРЛАР ФИЗИОЛОГИЯСИ ВА ГИГИЕНАСИ
Мазкур дарслик олий ўқув юртларининг талабаларига мўлжалланган бўлиб, ҳозирги замон фан ютуқларини, ҳамда республикамизнинг иқлими ва ижтимоий шароитларини ҳисобга олган ҳолда ёзилди. Дарсликда таълим ва тарбия жараёнлари билан бевосита боғлиқ бўлган масалалар (нерв тизими ва олий нерв фаолияти) марказий ўринни эгаллайди. Шунингдек, унда ҳар бир вегетатив тизимнинг тузилиши, физиологияси, ёш хусусиятлари ва гигиенасига боғлиқ қисқача маълумот берилган. Дарслик болалар ва ўсмирлар физиологияси ва гигиенасини ўқитишда фойдаланадиган расм ва жадваллар билан бойитилган ҳамда Ўзбекистон Республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан педагогика йўналишидаги ўқув юртлари учун белгиланган дастур асосида ёзилди. Дарсликни мазмун ва сифат жиҳатидан яхшилаш учун ўз фикр-мулоҳазаларини билдирган мутахассисларга олдиндан ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз.
-
TASVIRIY SAN'AT O'QITISH METODIKASI
Mazkur darslikda tasviriy san'at o'qitish metodikasi fanini maqsad va vazifalari, boshlang'ich sinflarda tasviriy san'at ta'lim mazmuni va uni o'qitish metodikasi, boshlang'ich tasviriy san'at asoslari, natyurmort, rangshunoslik, badiiy bezak grafikasi, haykaltaroshlik, tasvirlarning metodik asoslari kabi masalalar o'z aksini topgan. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktabining tasviriy san'at dasturini o'rganish va uni rejalashtirish, har bir mashg'ulot turlariga dars bayonini va ishlanmasini tayyorlash hamda ularning har biriga ko'rgazmali qurollar tayyorlash, namunaviy darslarni tashkil etish va o'tkazish, keyin ularni tahlil qilish, pedagogik tasvirlar ishlash uslublari, tasviriy san'at asarlarini badiiy tahlil qilish haqida metodik tavsiyalar bayon etilgan.
-