-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Eynshteyn jumbog'i
Aziz Norovning hikoyalarini o'qir ekansiz, unda voqeabozlikdan yiroq voqelik, qismatning o'yinlari oldida inson qalbining evrilishlari, turfa taqdirlar g'oyatda sinchkovlik va mahorat bilan qalamga olinganiga, yosh yozuvchining hayotni teran nigohlar ila kuzatishiga guvoh bo'lasiz. Eng muhimi, u nimani va qay yo'sinda yozish ko'nikmasini allaqachon egallab ulgurgan. O'ylaymizki, uning ilk hikoyalar to'plami sizga-da manzur bo'ladi.
-
Dahriyning ibodati
Onore de Balzak asarlari Yevropa adabiyotining gultoji sanaladi. Gobsek, Deplen, Gorio Ota, Lui Lamber – ularning hech biri bir-birini takrorlamaydi, ular qalbidagi mushtarak maqsad, ichki ziddiyatlar, orzular, boringki, adabiyotning insoniyatga ko‘rsatadigan xizmati nuqtayi nazaridan bir-biriga juda yaqin. Mana shu ichki kechinmalarni yurakdan his etgan Balzak o‘z asarlaridan birida shunday yozadi: «Kishi haqida hukm chiqarishdan oldin loaqal uning fikr-asrori, uning baxtsizligi, uning hayajoniga sherik bo‘lish kerak». Qadrli kitobxon! Agar Balzak qahramonlarining ichki kechinmalarini tushunmoqchi bo‘lsangiz, albatta, ushbu asar mutolaasiga shoshiling.
-
Chodirxayol
Asqad Muxtor ijodi bilan yaqindan tanish bo'lgan kitobxon adibning har bir asarida turfa fe'l-atvorga ega qahramonlar bilan yuzma-yuz keladi. «Narigi dunyo»dan qaytib kelgan bo'lsa-da sirining fosh bo'lishidan qo'riqqan ikki qasd oluvchi, xotiniga atir sotib olgan-u, ammo pulini behudaga sovurgani uchun dodini beradigan ayoli oldida dirdir titrayotgan Madrayimning holati, odamlarga yaxshilik qilaman, o‘zimdan yaxshi nom qoldiraman deb jonini mashaqqatga berib tosh tashib, zina qurgan, alal oqibatda esa ko'pchilikning qarg'ishiga uchragan Qora domla - bu qahramonlarning asli maqsadi, maqsad amalga oshgandan keyingi ruhiy kechinmalari, tavba-tazarrulari kitobxonni o'ylatmay qolmaydi. Asqad Muxtor asarlari, Asqad Muxtorning qahramonlari odamlarni o‘rganishga, ularning qalbidan kechayotgan his-tuyg'ularni o'qishga o'rgatadi. Kitobga jamlangan hikoyalarni aynan shu maqsad bilan Sizga havola etmoqdamiz.
-
Uzun kechalar
Bu kitob dunyodagi eng mehribon eng aziz inson - onalarga bag'ishlangan go'zal asarlardan biridir.Adibning ushbu to'plamga kiritilgan "Laylak","Tarnov",O'zbeklar","Dehqonning bir tuni" hikoyalari qahramonlari ham onalar.Yo'q,adib onangizni asrang,tirikligida uning qadriga yeting deb nasihat qilmaydi.Xuddi quyosh kabi umrimizni,chiroq nuri misol qalbimizni yoritib turgan ona mehrini har doim ham payqayvermasligimizni,onani yo'qatgandan keyingina afsus va nadomat chekishimizni yorqin misollar orqali tasvirlab beradi.
-
Alisa mo'jizalar mamlakatida
Mazkur kitobda biz bir qancha avlod vakillari sevib mutolaa qilgan va bugunning bolalari ham o;qishi kerak bo'lgan jahon adabiyotining eng sara ertaklarini jamladik. Ertaklar mavzuyi, ko'lamidan qat'i nazar yosh kitobxon ko'ngliga shunisi bilan yaqinki, unda mo'jizalar orqali bolalar qalbi tarbiyalanadi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda bunday ma'naviy tuhfa, umid qilamizki, bolalarga munosib sovg'a bo'ladi.
-
Бахтнинг олис манзили
Қўлингиздаги китоб севимли ёзувчингиз Нуриддин Исмоиловнинг навбатдаги саргузашт-детектив романларидан бўлиб, унда бахт ортида сароблар, дахри дунёнинг сиз билмаган ва билмаган турфа синовлари, ҳақиқий инсоний туйғулар олдида бойликнинг қийматсиз экани, сўнгги пушаймонлар фойдасиз экани, турфа тақдир эгаларининг андуҳларига ва қалб кечинмаларига биргаликда гувоҳ бўласиз.
-
Муҳаббат ва матонат
Болакай ўзини ўтга-чўққа уравериб кўпни кўрган киши каби мулоҳаза юритадиган бўлиб боради. «Мен ўшанда ўғирлик қилиб нафсимни қондирдим, бироқ зинҳор-базинҳор бу ишга қайтиб қўл урмадим... Ё Тангрим! Қоринлари тўйган синфдошларим гўшт бўлакларини ерга ташлашар экан, ўзимни ерга отиб тупроққа беланган гўштни ямламай ютишга тайёр эдим, лекин мен ўзимни тиярдим», – деб эслайди адиб ўзининг болалиги ҳақида.
-
Gullayotgan chechaklar
Anvar Allambergenov qoraqalpoq zaminida tug'ilib voyaga yetgan bo'lishiga qaramay, qoraqalpoq adabiyoti bilan birga o'zbek adabiyotini ham chuqur o'rganib, katta jur'at bilan tahlil qilayotganining o’ziyoq ibratli va tahsinga sazovor. Uning adabiy-tanqidiy maqolalaridan ko'rinib turibdiki, yosh adabiyotshunos har bir asarni o'qish davomida ham aqlan, ham qalban, ham ruhan his etib, o’ziga chuqur singdirib olgan. 0‘z fikr-mulohazalarini ilmiy nuqtai nazar va nazokat bilan ifodalash mahoratiga egaligi bilan ham ushbu to'plamdagi maqolalar kitobxonni o'ziga jalb eta oladi.
-
Xayol raqsi
Ushbu kitobda Orifjon Komilovning samimiy qalb yoziqlariga, vijdon pokizaligining insoniylik sharti ekaniga zimdan ishora qiluvchi satrlarga guvoh bo'lasiz. Kitob o'quvchiga tarix va bugunning uyg'un haqiqatlarini bir-bir bayon etadi. Orifjon Komil - yurak shavqining eng baland cho'qqisiga intilishni niyat qilgan shoir. Uning she’rlarida hammamizga tanish hayotga tashnalik va hayratning chaqnoq nigohi charaqlab turadi.
-
Yangi rivoyat
Ushbu kitobda Ravshan Haqmurodning samimiy qalb yoziqlariga, vijdon pokizaligining insoniylik sharti ekaniga zimdan ishora qiluvchi satrlarga guvoh bo'lasiz. Kitob o'quvchiga tarix va bugunning uyg'un haqiqatlarini bir-bir bayon etadi. Ravshan Haqmurod - yurak shavqining eng baland cho'qqisiga intilishni niyat qilgan shoir. Uning she’rlarida hammamizga tanish hayotga tashnalik va hayratning chaqnoq nigohi charaqlab turadi.
-
Seni izlayman
Yoshlik zangor fasl. Bu pallada tuyg'ular kamalakrang tus oladi, nigohlarga sir inadi. Shoir Islom Qo’chqorovning she’rlarini o'qib, yoshlikning ana shun- day begard, jo'shqin, askariy satrlariga duch kelasiz. Yurt himoyasida o't-olov bo'lgan yigit qalbi ishq ko'yida beholdir, oshuftaholdir. Bu uning yuragi oshiqligidan darak. Ushbu mo'jaz to'plamdan o'rin olgan she’rlarda shoirning ana shunday qalbga yaqin izhorlaridan bahramand bo'lasiz.
-
Ona zamin
Ushbu to'plamda jamlangan she'rlarni o'qib, Abdurauf singari iste'dodli ijodkorlar borligidan quvonmasligingiz dargumon. Uning she'rlarida Surxon vohasining nafasi ufurib turadi. Yozganlarida go'zallikka oshiq ko'ngil, dard bilan olishgan orzu-umidni ko'rasiz. Uning borliqni boshqacha ko'rishi, so'z ila tabiatni mohirlik bilan chizishiga guvohi bo'lasiz. Birso'z bilan aytganda, o'zingizni topasiz.
-
Халқ бўл, элим
Ўзбекнинг ардоқли шоири Муҳаммад Юсуфнинг ушбу тўплами «Халқ бўл, элим» деб бежиз номланмади. Унинг ижодида халқига, Ватанига чексиз садоқат ва фидойилик мавзуси асосий ўринни эгаллаган. Ушбу тўпламга шоирнинг турли даврларда битилган энг сара шеърлари, достонлари киритилди. Ўйлаймизки, у шеърият мухлисларига муносиб туҳфа бўлади.
-
Geografik kashfiyotlar
Kitobda muhim geografik kashfiyotlarning tarixi bayon qilingan. Yosh kitobxonlar oykumen nimaligini, kashfiyotlar qaysi mintaqadan boshlanganligini, Amerikaga nima uchun Amerigo Vespuchchi nomi berilganligini, sayyoramizning qutblari qanday kashf etilganligini va boshqa ko'plab qiziqarli m a’lumotlarni bilib oladilar.
-
Иймон ва Муҳаббат
Адолат тарозиси аллақачон бузилган. Одамлар пулга, бойликка, амал ва мансаб курсиларининг қулига айланишган. Золим ва зўравонлар, нафсга қул бўлганлар мансаб курсиларини эгаллаш ва уни сақлаб қолиш истагида юрт бойликларини, халқ мулкини, ризқ-рўзларини талаш билан овора. Подшолар юртда адолат бўлсин, деб турган пайтда битта золимнинг, битта порахўрнинг вужудга келиши минглаб золимларнинг, минглаб порахўрларнинг туғилишига сабаб бўлади. Улар туғилганда арш ларзага келаркан, тоғларнинг тошлари қуларкан, дарёларнинг сувлари қуриркан, саҳролар олов бўлиб ёнаркан.
-
Abduvali Qutbiddin
«So‘z chamani» turkum kitoblarining navbatdagi risolasi Abduvali Qutbiddin she’rlaridan tuzildi. Ushbu rango-rang guldasta ham muhtaram she’rni muhiblariga sevimli bolishiga ishonamiz.