-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Биз нечун учрашдик
Дастлабки шеърий тўплами — «Айт энди, юрагим» (1991). Шундан кейин шоирнинг «Биз нечун учрашдик» (1992), «Муҳаббат шеваси» (1995), «Оқиб кетган армонлар» (1996), «Бармоқлар бодаси» (1998), «Ҳакни таниб» (1999), «Юзтўртлик», «Сайланма» (2002), “Отамнинг ўкинчи”, “Шеър ҳикмати”, “Янги Тошкентнома”, “Бедорларга беринг дунёни” каби шеърий тўпламлари нашр этилган.
-
Танланган асарлар
Зулм оламидан ҳикоя қилувчи «Талваса» романи ёзувчи Тоҳир Маликнинг «Шайтанатнинг турфа одами» туркумига киради. Унда жиноят кўчасига адашиб кириб қолган ёшларнинг аянчли қисмати ҳикоя қилинади. Тўпламга, шунингдек, «Озод инсон ҳақида қўшиқ» қиссаси ҳам киритилган.
-
Миртемир
Бундан, борингки, 50 йиллар олдин 80 ёшга кирган одамлар асо таяниб юришарди. Бунинг ycтигa узун соқол, елкалар ҳам букчайган, иккита зинадан инқиллаб чиқишарди.
-
Суиқасд
Мазкур роман «Аёзи чўзилган баҳор» ва «Ажал билан юзма-юз» китобларининг мантиқий давомидир. Мустақилликнинг дастлабки ўн йиллигида мамлакатимизда содир этилган даҳшатли воқеалар қиш аёзининг ҳамон давом этганидан дарак беради. Икки дақиқа! Бу сониялар жуда кўп нарсаларни ўзгартириб юборарди, агарки ғанимларнинг Президент учун олдиндан тайёрланган суиқасди амалга ошганида. Бомба портлади, бироқ Оллоҳ суйган бандасини хор қилиш ёки ҳаётдан маҳрум этиш одамзоднинг қўлида эмас.
-
Лидерлар китоби
Ушбу нашрда жуда кўп янги ғоялар, ҳаётга теран назар билан қараш, ғолибликка интилиш, саодат ва комиллик учун дадил қадам ташлаш, жасурлик ва мардлик каби инсоний фазилатларни ўзида шакллантириш, Ватан ривожига, унинг иқтисодини юксалтиришга астойдил киришиш, ақл-заковатни, илмни ҳар қандай ишдан устун қўйиш каби хислатлар мужассам бўлган.
-
Ёввойи келин
Мазкур асар Сабоҳат исмли аёлнинг аянчли ҳамда ажабтовур қисмати ҳақида бўлиб, ўткир сюжетли воқеалар, кутилмаган ходисалар ва саргузаштларга бойлиги билан китобхонни ўзига ром этади.
-
MA'NAVIYAT FALSASI YOXUD ISLOM KARIMOV ASARLARIDA YANGI FALSAFIY TIZIMNING YARATILISHI
Risolada I.Karimov asarlarida yangi falsafiy tizimning asoslangani dalillanadi. Bu tizimda ma'naviyatning ijtimoiy taraqqiyotida tutgan o'rni uning demokratiya, ijtimoiy adolat , urf-odat va marosimlar, iqtisod, mafkura singari hodisalar bilan o'zaro ta'siri ochib beriladi. Kitobcha oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlari talabalari , falsafa bilan qiziquvchi keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Tanlangan asarlar
Bugungi davr she'riyatida hodisa,mulohaza,kuzatish jarayoni emas, balki shu jarayonlarning kvitessensiyasi aks etmoqda. Turli shakliy izlanishlarga beparvoroq bo'lgan Azim Suyunday shoir ham ana shunday umumjahoniy hodisadan chetda qolmadi. U fikr -u tuyg'ularini poetik ifodalashning o'zi uchun qulay bo'lgan " qayirma " deb atalmish janrini kashf etdi.Shoirning she'rga ko'chgan tuyg'ulari o'quvchilarga ham yuqadi, ularni noyob sezimlar bilan asirlaydi.
-
GUUIVERNING SAYOHATLARI
Hurmatli o‘quvchi Sizga taqdim etilayotgan ushbu ikki asar - “Gulliverning sayohatlari” va “Cho‘lda topilgan bola” jahon bolalar adabiyotining durdonalari qatoriga kiradi. Har biringiz bolaligingizdashahar bog'larida sayr qilgansiz, katta va kichik hovuzlarda cho'milgansiz, bolalar maydonchasida ot o'yinlariga tushgansiz
-
Куйган кўнгил фарёди
Эътиборингизга ҳавола этилаётган китобга ҳам биз адибнинг энг сара асарларини жамладик. Ишончимиз комил, бу асарларни ўқиганингизда қалбингизда авваллари ҳеч қачон туймаган ноаниқ бир туйғу гавдаланади. Бу туйғу одамлар оломони ичида аслида сизнинг ким эканлигингиз, мақомингиз қандай – шу каби саволларга воқеалар силсиласи, қаҳрамонлар ички олами билан танишиш асносида ечим топасиз.
-
Мужоҳидлар изидан
Қўлингиздаги мазкур детектив саргузашт қиссанинг 1-қисми бўлган "Зира ҳиди" 2003 йил Ташкент шаҳар ИИББ "ОГОҲ" газетасида эълон қилиниб, шу йили «Наврўз» нашриёти томонидан нашр этилганди. Лекин айрим маълумотларнинг етарли бўлмагани туфайли муаллиф унинг 2- қисми, яъни Мужоҳидлар изидан 2006 йили ёзиб тугатди ва бу ҳам "ОГОҲ" газетасида 2007 йили тўлиқ эълон қилиниб кўп сонли муҳлислар қалбида катта таассурот қолдирди.
-
OQ SO‘YLOQ
Mashhur amerikalik yozuvchi Jek London asarlarida inson va tabiat muammolari o'ziga xos yosinda qiziqarli tasvirlanadi. «Oq So‘yloq» qissasi ona tilimizda ilk bor nashr etilmoqda. Dunyoga mashhur bu asar, o'ylaymizki, didi nozik kitobxonlar e’tiborini o'ziga jalb eta oladi.
-
TOSHKENTNOMA
Ushbu kitobda tarixiy va toponimik ma'lumotlar asosida hozirgi Toshkent hududida yashagan ajdodlarimizning kimligi, daxa va mahallari, toponimikasi va u yerdagi utmish obidalari orqali shaxrimiz tarixini yanada yoritish maqsad qilib qo'yilgan. Shaxrimizda shakllangan dastlabki daxa va maxallalar, shaxar darvozalari, bozorlari va suv tarmoqlarining atamalari talqin qilinadi. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo'ljallangan.
-
Ustaning muhabbati
Samarqand kuzining o‘ziga xos ajib tarovati bor: shahar atrofidagi bog‘larning muattar bo‘ylariga to‘yingan qurch havoda erinchoq mezonlar uchib yuradi; bog‘-maydonlarda, hovlilarda o‘rik, olma, behi, nashvati yaproqlari anvoyi ranglarda ko‘zni qamashtiradi; ishkomlarda navvotrang husayni, toifi, har bir donasi moshdan xiyol chog‘roq oq kishmish uzum boshlari oltindek tovlanib turadi. Bir qarashda xuddi shunday. Aslida bu qadimiy makonning kuzini inson umrining shodlik va tashvishlariga qiyos kilgudek alomatlari ham bor. Sumbula kirishi bilan havoning tafti keskin o‘zgaradi, kunduz kunlari yozdagidek isib ketadiyu avvali oqshomlar birdaniga salqin tushib, bilinar-bilinmas shabada esadi — keksalar ham, yosh-yalanglar ham yaktagu choponga o‘ranib oladilar. Samarqandni qoq ikkiga bo‘lib oqadigan Qorasuvning, shaharni atrofdan kamardek o‘rab olgan Siyohob, Panjob ariqlarining ta’sirimi, har qalay, havo namxush hamda vazmin tuyuladi kishiga. Sumbula tunlarining salqiniga beparvolik qilib yupun kiyinganlaru o‘zlarining bardamliklariga ishonib, havoning zahrini nazar-pisand etmaganlar goho dog‘da qoladilar — nogahon tumov-puchmoqqa chalinib, «uho‘-uho‘»lab yuradilar. Sumbulada shahar ichkarisidan o‘tadigan katta-kichik anhorlardagi obihayot muzdek soviydi, tiniqlashadi, moviy tusga kiradi; ariqlar tubida qalashib yotgan toshlar, yoz davomi suv ichida o‘sgan, kuzgi salqinlar ta’sirida rangi unniqib o‘cha boshlagan turli-tuman o‘tlar bamisoli ochiq yerda turgandek aniq ko‘rinadi; anhoru ariqlarning to‘lib oqayotganini, oqimning yo‘nalishini zilol suv ostidagi o‘tlarning u yon-bu yon tebranishidan bilib olsa bo‘ladi...
-
-
So'qqabosh bevagina
Elimizning ardoqli va atoqli adibi, O'zbekiston xalq yozuvchisi O'tkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi", "Bahor qaytmaydi", "Nur borki,soya bor", "Dunyoning ishlari" kabi jiddiy , salmoqli asarlari, o'nlab hikoyalari xalqning ma'naviy mulkiga aylangan. Shu bilan birga adibning ko'pkina hajviy hikoya va qissalari, komediyalari ham borki, ular kitobxonga xushchaqchaq kayfiyat bag'ishlaydi. Ushbu kitobga yozuvchining eng sara hajviy hikoyalari jamlangan.