-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
-
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Birja va yarmarka faoliyatini boshqarish
Ushbu darslikning maqsadi hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning uzluksizligini, ijtimoiy mahsulot aylanma harakati tezlashuvi jarayonlariga xizmat qiluvchi va muomala sohasining asosiy unsuri bo‘lmish birja va yarmarka faoliyatlarini boshqarish asoslarini bo‘lajak mutaxassislarga o ‘rgatishdir.
-
Landshaft arxitekturasi
Ushbu kitob nafaqat qishloq arxitekturasi sohasida o'qiyotgan talabalar uchun, balki arxitektura, shaharsozlik, landshaft arxitekturasi, dizayn, shahar va qishloq xo'jaligi qurilish ta’lim yo'nalishlarida o'qiyotgan talaba yoshlar va landshaft arxitekturasi bilan shug'ullanuvchilarga ham mo'ljallangan.
-
АГРОСАНОАТ МАЖМУАСИ ИҚТИСОДИЁТИ
Ушбу дарсликда агросаноат интеграциясининг чуқурлашуви, ривожланиши натижасида объектив равишда шаклланадиган агросаноат мажмуасининг моҳияти, унинг таркиби, иқтисодиётда тутган ўрни, мажмуага кирувчи соҳаларнинг ҳозирги ҳолати, ривожланиш йўналишлари, уларнинг иқтисодий ресурслари ва улардан фойдаланиш даражаси ҳамда иқтисодий самарадорлигини оширишнинг асосий йўналишлари ёритилган. Дарсликда агросаноат мажмуасининг асосий бўғини ҳисобланадиган қишлоқ хўжалиги тармоғининг ер-сув, меҳнат, моддий-техника ресурсларидан самарали фойдаланиш масалалари, тармоқда ишлаб чиқаришни ташкил этишнинг шаклларига оид мавзулар батафсил ёритилган. Дарсликда агросаноат мажмуаси тармоқлари маҳсулотларига нархнинг шаклланиши, маҳсулот, иш ва хизматлар таннархи ҳамда мажмуа тармоқларида молия-кредит тизимларининг амал қилиш механизмига бағишланган мавзулар берилган. Алоҳида эътибор агромаркетингни ташкил этиш ва унинг самарадорлигига ҳамда Европа ҳамжамиятининг ягона аграр сиёсатига оид мавзуларга қаратилган
-
DASTURLASH I
Darslikda algoritm va dasturlashning asosiy tushunchalari, jumladan, til alifbosi, identifikator, kalit so'zlar, satrli o'zgaruvchilar, ma'lumotlar tipi, arifmetik ifoda va amallar, siljitish amallari, inkrement, dekrement, kutubxonalar va ulaming funksiyalari hamda preprotsessor direktivalaridan foydalanish usullari, takrorlanuvchi jarayonlarni tashkil qiluvchi operatorlar va ulardan foydalanish usullari hamda shartli va shartsiz jarayonlarni samarali tashkil qilish usullari va misollari, funksiya va ularni tashkil qilish usullarí, rekursiv funksiya va ularni qoʻllanilishi, bir va ko'p o'lchovli massiv hamda ularning elementlari ustida amallar bajarish algoritm va usullari, massivni funksiya paramatri sifatida qoʻllanilish yo'llari, saralash algoritimlari, obyektga yo'naltirilgan dasturlash tamoyllarini tashkil qilish usullari, sinflar va konstruktorlar hamda ulardan foydalanish yo'llari, obyektlar va ularni parametr sifatida qo'llanilish usullari, satrlar va belgili oʻzgaruvchilarga ishlov berish hamda ularni tashkil qiluvchi standart funksiyalar, ulardan foydalanish yo'llari, matnli va binar fayllar bilan ishlash usullari, istisnoli holatlarni qayta ishlash yo'llari, inkapsulyatsiyani tashkil qilish yo'llari, merosxo'rlik va ulardan foydalanish usullari, polimorfizm va uning turlari, operatorlari qayta yuklash hamda shablonlar va ularni tashkil qilish shartlari va ketma-ketliklari bo'yicha nazariy va amaliy materiallar bayon qilingan.
-
Operatsion menejment
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining magistratura boiimi menejment yo‘nalishi talabalariga hamda ishlab chiqarish korxonalari yuqori va quyi bo'g'in menejerlariga mo'ljallangan bo'lib, darslikda TQM (sifatni ommaviy boshqarish), JIT (asosiy faoliyatni «aniq muddatda» rejalashtirish va amalga oshirish), Lean Production (tejamkor samarali ishlab chiqarish), Inventory Control (zaxiralarni boshqarish). Aggregate Planning (majmuali rejalashtirish),Forecasting Demand(talabni prognozlash) kabi masalalarga e’tibor qaratilgan bo'lib, operatsion-qiymat tahlili, biznes jarayonlar va operatsiyalarni yaxshilash, benchmarking , yetkazib berish zanjiri (SCM),mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish tizimi (CRM ), «Shest sigm» va boshqa masalalar yoritib berilgan.
-
Ёш химик энциклопедик луғати
"Луғат"да химия фанининг асосий тушунчалари баён этилади, унинг тарихи ва узоқ асрлар мобайнидаги тараққиёти, инсон фаолиятида химиянинг катта аҳамияти, мамлакатимиз халқ хўжалигини ривожлантиришдаги муҳим роли ҳақида маълумот берилади. Китобхон химик мутахассислиги бизнинг давримизда қандай муҳим аҳамиятга эгалигини, уни қаерда эгаллаш мумкинлигини ушбу луғатдан билиб олади. Китобда рангли расмлар, фотосуратлар, схемалар берилган. Луғат ўрта ва катта ёшдаги мактаб ўқувчилари учун мўлжалланган.
-
DASTURLASH II
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining bir qator Qaror va Farmonlari Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada jadal ruvojlantirish maqsadlarida qabul qilinmoqda. Ushbu qonunlardan “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”dagi PQ-4699-son 28.04.2020 va “«Raqamli Oʻzbekiston — 2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisi”dagi PF-6079-son 05.10.2020 yilgi qaror va farmonlarida takidlanganidek «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida 500 ming nafar yoshlarni qamrab olish orqali kompyuter dasturlash asoslariga oʻqitish tashkillashtirish maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining barcha yoʻnalish talabalariga moʻljallangan “Dasturlash II” fani uchun darslikni yaratish dolzarb masala hisoblanadi.
-
G'aznachilik
Darslik davlat budjeti g'azna ijrosini tashkil etishning nazariy va amaliy masalalarini qamrab olgan bo'lib,unda davlat budjeti g'azna ijrosining mohiyati va ahamiyati,g'aznachilikning davlat budjeti,davlat maqsadli jamg'armalari va budjet tashkilot-larining budjetdan tashqari mablag'lari g'azna ijrosini tashkil etish bo'yicha faoliyati tegishli bob va paragraflarda yoritilgan .
-
O‘zbek adabiy tili tarixining ilk davrlari (V-XIV asrlar)
Mazkur o'quv qo'llanma o'zbekadabiy tili tarixini o'tganishga bag'ihlangan bo'lib , unda «O`zbek adabiy tili tarixiningilk davrlari hamda « O`zbekadabiy tili tarixi taraqqn tining o'rta asrlardan so'nggi davrlari» tadqiqqilinadi.
-
Кичик бизнесни бошқариш
Ушбу дарслик Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги томонидан тасдикланган «Менежмент» йўналиши бўйича бакалаврлар тайёрлаш давлат стандартлари асосида тайёрланган. Дарсликда асосий эътибор кичик бизнесни ривожланиши давр талаби эканлигига, муваффақиятли фаолият кўрсатишда бошқаришнинг ўрни беқиёслигига қаратилган. Дарсликда кичик бизнесни бошқаришнинг назарий ва методологик асослари атрофлича ёритилган, кичик бизнесни бошқаришнинг ўзига хос хусусиятлари, кичик бизнесни бошқаришда бизнес режа ўрни ўз аксини топган. Дарслик тадбиркорлик фаолияти билан шуғулланувчи барча кичик бизнес ходимлари, олий ўқув юртлари, касб-ҳунар коллежлари талабалари ва бизнес мактаб тингловчилари ҳамда кенг жамоатчиликка мўлжалланган.
-
DELPHI Программирование на языке высокого уровня
Книга посвящена новейшей версии Delphi 7 Studio. Здесь изложены как приемы программирования в среде Delphi, ее главные составные части — галереи компонентов, хранилища объектов, вспомогательный инструментарий, так и сам язык программирования Delphi. Подробно рассматриваются компоненты программ, некоторые дополнительные возможности — динамически подключаемые библиотеки, интерфейсы, технология СОМ и система ModelMaker. Книга может быть полезна как начинающим — в качестве пособия для первоначального изучения среды и языка Delphi, так и опытным программистам, желающим пополнить свои знания в области применения языка Delphi. Допущено Министерством образования Российской Федерации в качестве учебника для студентов высших учебных заведений, обучающихся по направлению подготовки дипломированных специалистов '«Информатика п вычислительная техника».
-
Noana’naviy va qayta tiklanuvchi energiya manbalari
Darslikda ana'naviy va noana’naviy, qaytalanuvchi va qaytalanm aydigan energiya manbalari haqida tushunchalar berilgan. Barcha energiyalarning manbasi bo'lmish quyosh energiyasi, quyosh energiyasi yordamida energiya ishlab chiqarish, shamol energiyasi va energetikasi, to'lqinlar energiyasi va elektrostansiyalari, suv ko'tarilishi energiyasi va elektrostansiyalari. geotermal energiya va elektrostansiyalari, dengiz va okeanlardagi ichki oqimlar energiyasi haqida ma'lumotlar bayon qilingan.
-
Сонли системалар
Ушбу дарслик педагогика олий ўқув юртларининг математика информатика йўналиши бакалавр бўлими ўқув режасига киритилган «Сонли системалар» фани давлат таълим стандартлари, ўқув дастурлари асосида ёзилган бўлиб, IV бобдан иборат. Бобларни ташкил этган параграфлар охирида такрорлаш учун саволлар ва машқлар келтирилган. Дарсликда мактаб, академик лицей, касб-ҳунар коллежлари математика курсида ўқитиладиган барча сонли системалар аксиоматик кўриб чикилган.
-
Gruntlar mexanikasi,zamin va poydevorlar
Darslik texnika oliy o'quv yurtlarining qurilish yo’nalishlariga oid yangi o’quv dasturlari asosida yozilgan. U ikki qismdan iborat bo’lib,birinchi qismida gruntlar va ularning turlari,gruntning fizik - mexanik hossalari,gruntning tashqi yuk ta’sirida zo’riqish holatlari,deformatsiyalanishi,o’zidan suv sizdirish qobiliyati,shuningdek uning reoligik va seysmik mustahkamligiga oid masalalar yoritilgan.
-
Sifat menejmenti tizimi va uni sertifikatlashtirish
Ushbu darslik ilk bora davlat tilida bakalavriat yo'nalishi davlat ta’lirni standarti talablari asosida tayyorlangan bo'lib, darslikda xalqaro miqyosda keng tarqalgan sifatni boshqarish tizimi bo'lm ish, ISO 9000 seriyali xalqaro standartlar asosida mahsulotlami ishlab chiqarish va xizmatlar sifati menejmenti ti/imini korxona va tashkilotlarda ishlab chiqish, joriy etish hanida ulami sertifikatlashtirish bo'yicha nazariy va amaliy ma’lumotlar keltirilgan.
-
Xalqaro moliya munosabatlari
Ushbu darslikda xalqaro moliya va uning jahon iqtisodiyoti rivojlanishidagi o‘rni, jahon iqtisodiyotining globallashuvi va jahon moliyaviyiqtisodiy inqirozi, xalqaro moliya tashkilotlarining xalqaro moliya munosabatlari taraqqiyotidagi o‘rni, xalqaro valuta operatsiyalari, jahon valuta tizimi va uning rivojlanish bosqichlari, xalqaro moliya munosabatlarida valuta risklarini boshqarish, xalqaro korporatsiyalar faoliyatining rivojlanishi, xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonlari, xalqaro moliya munosabatlarida to‘lov balansini boshqarish, xalqaro moliya bozori va uning rivojlanish xususiyatlari, yevrobozorlarning yuzaga kelishi va ulardagi operatsiyalar, xalqaro kredit va investitsiya munosabatlarining rivojlanishi, moliyaviy derivativlar bozori, 0 ‘zbekistonning xalqaro moliya munosabatlariga integratsiyalashuvi kabi masalalar yoritilgan.