-
-
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
-
-
-
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Фармакогнозия.
Мазкур дарслик тиббиёт билим юртларида ўқувчилар учун мўлжалланган бўлиб, унда фармакология фанининг тарихи мазмуни, табобатга тегишли фанлар орасидаги аҳамияти, дори-дармонлар таснифи фармакокинетикаси ва фармакодинамикаси, умумий ва хусусий фармакология масалалари ёритилган. Иккинчи қисми умумий рецептура ва дорихона масалаларига бағишланган. Китоб фотосуратлар, турли ҳил жадваллар, чизмалар билан бойитилган. Дарслик тиббиёт билим юртларида ўқувчилар ва ушбу фанга қизиққан кишиларга мўлжалланган. Давлат тилида биринчи бор ёзилган дастуруламадир.
-
Innovatsion iqtisodiyot
Darslikda hoziri shiddat bilan rivojlanish sharoitida mavjud resurslardan foydalanish samaradorligini oshirishda hamda tashqi bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlashda zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan yuksak texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqilgan. "Innovatsion iqtisodiyot" darsligi talabalarga innovatsion iqtisodiyot sohasidagi bilimlarni makro darajada (innovatsiyalarning umumiy xususiyatlari, innovatsion jarayon nazariyasi, innovatsion rivojlanish kontseptsiyasi) shakllantirishga imkon beradi. Darslik "Iqtisodiyot" yo'nalishi o'quv rejasiaga binoan tayyorlangan bo'lib, "Iqtisodiyot" yo'nalishi 2-kurs talabalariga mo'ljallangan.
-
Кишлок хужалик хукуки.
Узбекистон Республикаси аграр давлат хисобланади. Республика ахолисининг 60 фоиздан ортикроги кишлок жойларда яшайди, умумий ишлайдиганларнинг ярми аграр секторда хизмат килади. Кишлок хужалиги ижтимоий махсулотнинг туртдан уч кисми ва миллий даромаднинг 40 фоизини, шунингдек мамлакатга валюта тушумларининг 55 фоиздан ортигини беради. Бундан ташкари, кишлок хужалиги мамлакат ахолисини озик - овкат махсулотлари, саноатни эса хом-ашё билан таминлашнинг асосий манбаи хисобланади.
-
Хo’jalik (tadbirkorlik) huquqi.
O’zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o’tish davrida iqtisodiyоtning turli sohalarini malakali yuristlar bilan ta’minlash talab etiladi. SHu o’rinda Хo’jalik huquqi fanidan 2002 yilda ishlab chiqilgan dastur asosida yоzilgan ushbu darslik universitet yuridik fakulьtetlari, yuridik institut va huquq asoslari o’qitiladigan oliy o’quv yurtlari talabalariga tavsiya etiladi, shuningdek mazkur darslik хo’jalik sudlari, prokuratura, хo’jalik yurituvchi sub’ektlar yuridik хizmat хodimlari hamda tadbirkorlarga qo’llanma sifatida mo’l-jallangan.
-
Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi [
«Akusherlik va ginekologiyada hamshiralik ishi» darsligi 5510700- Oliy hamshiralik ishi ta'lim yo'nalishi talabalari uchun tayyorlangan boʻlib, yoʻnalishning malakaviy talablariga va Akusherlik va ginekologiya- da hamshiralik ishi fanining o'quv dasturiga muvofiq tuzilgan. U Akusherlik va ginekologiya tarixi, rivojlanish bosqichlari; akusherlik va ginekologik yordamni tashkillashtirish, fiziologik homiladorlik, homilador ayollarni tekshirish usullari, fiziologik homiladorlikni olib borish va patologiyada hamshiralik parvarish xususiyatlarini qamrab olgan. Qo'shimcha materiallarda homiladorlikni olib borishning O'zbekiston Respublikasida tasdiqlangan zamonaviy standartlari keltirilgan.
-
БОШҚА ТАРМОҚЛАРДА БУХГАЛТЕРИЯ ҲИСОБИНИНГ ХУСУСИЯТЛАРИ
Дарсликда иқтисодиётнинг қурилиш, қишлоқ хўжалиги, автотранспорт, савдо, умумий овқатлантириш каби муҳим тармоқлари ва соҳаларида бухгалтерия ҳисобининг хусусиятлари ёритилган. Алоҳида эътибор ушбу тармоқ ва соҳага тегишли хўжалик юритувчи субъектлар фаолиятининг ташкилий-ҳуқуқий асосларига, уларда активлар, мажбуриятлар, даромадлар, харажатлар, якуний молиявий натижалар, солиқ ва тўловлар ҳисобини юритиш ҳамда молиявий ҳисобот шаклларини тузишдаги хусусиятларга қаратилган.
-
Xo'jalik (tadbirkorlik) huquqi.
O'zbekiston Respublikasi bozor munosabatlariga o'tish davrida iqtisodiyotning turli sohalarini malakali yuristlar bilan ta’minlash talab etiladi. Shu o'rinda Xo'jalik huquqi fanidan 2002-yilda ishlab chiqilgan dastur asosida yozilgan ushbu darslik universitet yuridik fakultetlari, yuridik institut va huquq asoslari o'qitiladigan oliy o'quv yurtlari talabalariga tavsiya etiladi, shuningdek, mazkur darslik xo'jalik sudlari, prokuratura, xo'jalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmat xodimlari hamda tadbirkorlarga qo'llanma sifatida mo'ljallangan.
-
CALCULUS 1-qism
Ushbu darslik texnika, pedagogika, moliya hamda iqtisodiyot oliy o'quv yurtlarining "Calculus (Matematika)", "Differensial hisob va uning tatbiqlari". "Matematik analiz". "Sonli usullar", "Iqtisodiyotda matematika" kurslari materiallarini o'z ichiga oladi. Jumladan, funksiyalar va matematik modellar, uzluksizligi, turli xil ko'rinishdagi limitlar nazariyasi, funksiyaning uzluksizligi, turli xil funksiyalarning hosilalarini topish, funksiyalarning yuqori tartibli hosila va differensiallari. funksiya asimptotalarini aniqlash. funksiyalarni approksimatsiyalash, optimallashtirish usullari, funksiyalarni integrallash mavzulari keltirilgan. Shuningdek, har bir mavzuning texnikada, iqtisodiyotda. tibbiyotda, ijtimoiy olam va boshqa ko'plab sohalardagi amaliy tatbiqlari asoslab berilgan. Kitobda hozirgi zamon hisoblash matematikasi asoslarining yutuqlari o'z aksini topgan. Darslik barcha muhandis texnika va iqtisodiyot bakalavriyat ta'lim yo'nalishlari, shu jumladan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 5 ta hududiy filiallari hamda pedagogika universitetlari talabalari uchun mo'ljallangan, shuningdek, litsey va o'rta maktabning yuqori sinf o'quvchilari, kichik ilmiy hodimlar va professor- o'qituvchilar ham foydalanishlari mumkin.
-
Matematik analiz 3 qism
Ushdu "Matematik analiz" kitobi universitetning "Matematika","Amaliy matematika va informatika", "Informatika va axborot texnologiyalari" yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oluvcni handa oliy matematikani chuqur o`rganiladigan texnika oliy o`quv yurtlarida ta`lim oluvchi talabalar uchun mo`ljallangan.
-
INTERNET - MARKETING
Internet-marketing orqali kompaniyalar strategik ravishda o'zlarining maqsadli auditoriyasiga erishishlari mumkin. To'g'ri internet marketing strategiyalariga ega bo'lish, tashkilotlarga o'z mahsulotlarini va xizmatlarini muvaffaqiyatli sotish va reklama qilish, xaridorlar bilan bog'lanish va savdo-sotiqni amalga oshirishda yordam berishning muhim qismidir.
-
INNOVATSION IQTISODIYOT
Olimlar, iqtisodiy tarixchilar, iqtisodchilar hamda siyosatchilar har doim turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillarga qiziqish bildirishgan. Ularning bu sohadagi bahs-munozaralarida texnologiyaning o‘rni doimo ustun bo‘lib kelgan. Iqtisodiy rivojlanishning sabablari va omillarini tahlil qilish davomida, zamonaviy innovatsion iqtisodiy rivojlanish nazariyalari ilk bor XIX asrning o‘rtalaridan boshlanadi.
-
Matematik analiz 2 qism.
Ushbu "Matematik analiz" kitobi universitetlarning "Matematika", " Amaliy matematika va informatika", "Informatika va axborot texnologiyalari" yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oluvchi hamda oliy matematika chuqur o`rganiladigan texnika oliy o`quv yurtlarida ta`lim oluvchi talabalar uchun mo`ljallangan.
-
Matematik analiz 1 qism
Ushbu "Matematik analiz " kitobi universitetning "Matematika", "Amaliy matematika va informatika", "Informatika va axborot texnologiyalari" yo`nalishlari bo`yicha ta`lim oluvchi hamda oliy matematikani churur o`rganiladigan texnika oliy o`quv yurtlarida ta`lim oluvchi talabalar uchun mo`ljallangan.
-
Европа Иттифоқи ҳуқуқи.
Ушбу китоб Европа Иттифоқи ва ҳамжамиятлари ҳуқуқи фани бўйича яратилган ўзбек тилидаги илк дарсликлардандир. Унда Европа Иттифоқи ва ҳамжамиятлари ҳуқуқининг асосий мазмуни Европадаги интеграциявий жараёнлар билан ҳамоҳанг равишда очиб берилади. Муаллиф барча таъсис шартномалари ва тўлдирувчи шартномаларни улардаги охирги ўзгартиришларни ҳисобга олган ҳолда таҳлил қилади.
-
Avtomobillar maxsus kursi
Ushbu darslik transport vositalari konstruktsiyalarini tajriba natijalari bilan tasdiqlangan qonunlarini nazariy keltirib chiqarishni o‘z ichiga oladi. Darslikda avtomobil tasnifi, avtomobillar konstruktsiyasiga qo‘yiladigan talablar, transport vositalari kuch uzatmasi, ilashish muftasi, uzatmalar qutisi kardanli uzatma, differentsial va yarim o‘qlar konstruktsiyalari, ularga tushadigan yuklanishlar hisobi, rama va yurish qismi tasnifi, ularga qo‘yiladigan talablar, rul boshqarmasi va tormoz tizimini hisoblash rejimlari mukammal bayon qilingan Bundan tashqari bob bo‘yicha test savollar, keyslar to‘plami ham berilgan bo‘lib talablarning fanni mukammal o‘zlashtirishlarini ta‘minlashga xizmat qiladi.
-
Болалар хирургияси: Тиббиёт институтлари талабалари учун дарслик
БДарслик болалар хирургиясининг энг муҳим бўлимлари ҳисобланган абдоминал, торакал, урологик, проктологик, юрак-қон томир туғма ва орттирилган хирургик касалликлари, йирингли ва чақалоқлар хирургия- си, болалар травматологияси ва ортопедияси, нейрохирургияси, анестезиология ва реаниматологиясини ўз ичига олган. Китобда болалар организмининг анатомик-физиологик хусусиятлари ва ҳар бир аъзо тизими касалликларини ўрганишдан олдин ушбу аъзо- нинг топографик анатомияси берилган. Дарслик замонавий ўқув дастури асосида ёзилиб, тиббиёт институтлари талабаларига, болалар хирургла- рига ва амалиёт шифокорларига мўлжалланган.