-
-
-
-
-
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
-
-
-
-
-
-
Двадцать четыре прелюдии и фуги.
Двадцать четыре прелюдии и фуги для фортепиано.Концертный репертуар пианиста.
-
TEXNOLOGIK JARAYONLARNI NAZORAT QILISH VA AVTOMATLASHTIRISH
Darslikda metrologiya asoslari, sanoat ishlab chiqarishidagi texnologik jarayonlarning parametrlari (harorat, bosim, sath, sarf, konsentratsiya, zichlik, qovushqoqlik, mexanik kattaliklar) ni nazorat qilish usullari va asboblari tavsiflangan. Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish asoslari, texnologik jarayonlarni avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlarini amalga oshirish mufassal bayon etilgan hamda avtomatlashtirishning zamonaviy texnik vositalari, dasturiy texnik majmualar va avtomatlashtiriladigan obyektlarni vizuallashtirishning SCADA tizimlari atroflicha yoritilgan.
-
Anatomiya, fi ziologiya va patologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanma tibbiyot kollejlari o‘quvchilari uchun mo‘l jallangan. U O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Anatomiya, fi ziologiya va patologiya» fani o‘quv dasturi asosida tuzilgan. O‘quv qo‘llanmada odam organizmi a’zolari va tizimlarining mo‘tadil tuzilishi va faol iyati, ularning ba’zi bir patologik holatlarda o‘zgarishi, shuningdek, moddalar almashinuvi va ularning buzil ishi haqidagi ma’lumotlar ham keltirilgan.
-
Anatomiya
Mazkur darslik 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan umumiy amaliyot shifokori tayyorlash o‘quv dasturi asosida yozildi. Unga kattalar anatomiyasi bilan birga a’zo va tizimlaming taraqqiyoti, bolalikning turli davrlarida kuzatiladigan yoshga xos o'zgarishlari haqidagi ma’lumotlar ham kiritilgan. Lotin atamalari xalqaro anatomik terminologiyaga mos.
-
Ekonometrika
Darslik «Ekonomettika» fani o‘quv dasturiga muvofiq yozilgan. Unda ekonometrika fani predmeti, maqsadi, vazifalari hamda ekonometrik modellar va ekonometrik modellashtirish bosqichlari, modelni yechish ketma-ketligi, yechimni tahlil qilish yo'llari ko'rsatilgan. Darslikda matematik statistika usuliari asoslari, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini chiziqli va chiziqli bo'lmagan regressiya-korrelatsiya tahlil», ko‘p o'zgaruvchili regressiya modeli va unda paydo boladigan multikolleniarlik, avtokorrellatsiya muammolari ularni bartaraf qilish yo`llari hamda prognoz modellarini tuzish, ularning haqqoniyligini baholash usuliari misollar bilan ko‘rsatib berilgan.
-
Ахборот тизимлари ва техналогиялар
Мазкур дарсликда замонавий автоматлаштирилган ахборот гизимлари ва технологияларининг иқтисодиётда тутган ўрни ҳамда қўлланилиши кенг кўламда кўриб чикилган. Шу жумладан, иқтисодий кибернетиканинг бошқарувда тутган ўрни, иқтисодиётдаги ахборот жараёнлари, автоматлаштирилган ахборот тизимларининг ишлаб чиқилиши, қўлланилиши ва уларнинг ахборот ҳамда технологик жиҳатдан таъминланиши. автоматлаштирилган ахборот тизимлари ва технологияларининг статистика, бухгалтерия ҳисоби, банк ва маркетинг фаолиятларила кенг амалий ёндашган ҳолда қўлланилиши масалалари илмий асосда батафсил ёритиб берилган. Иқтисодий информатика фанини ўрганаётган талабалар. Ўқитувчилар ва компьютер технологияларидан фойдаланаётганлар учун мўлжалланган.
-
English language Grade 8
Siz qo‘lingizda ushlab turgan ushbu darslik O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi va AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligining O‘zbekiston barkamollik uchun ta’lim dasturi hamkorligining natijasidir. Bu kitob sizga yetib kelguniga qadar tahrir va moslashtirish kabi bir nechta bosqichlardan o‘tdi. Umid qilamizki, ushbu darslik yordamida ingliz tilini o‘rganish kelajakda maqsadlaringizga erishishga xizmat qiladi.
-
Maktabgacha ta`limni boshqarishning ilmiy asoslari
Mazkur darslik pedagogika oliy o'quv yurtlarining magistrlari va akademik litsey, pedagogika kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, maktabgacha ta’lim tashkilotlarining uslubchilari va tarbiyachilariga bag’ishlangan. Qo`llanmada Maktabgacha ta'limni boshqarishning ilmiy-amaliy yo'nalishlari, shakllari, vositalari va metodlari yoritilgan.
-
Madaniyatshunoslik
Ushbu darslik pedagogika oliy ta’lim m uassasalarida Madaniyatshunoslik fanini oqitishda eng muhim manba hisoblanib. unda "Madaniyatshunoslik " fanining predmeli, ob'ekti, nazariy masalalari va taraqqiyot qonuniyatlari, Markaziy Osiyo xaiqlari ibtidoiy va eng qadimgi m adaniyati, Qadimgi davr Sharq xaiqlari ham da Antik davr Grek va Rim m adaniyati, Uyg'onish davri Markaziy Osiyo xaiqlari madaniyati. Amir Temur va tem uriylar davri madaniyati, mustamlaka va mustabid tuzum sharoitida madaniyat, mustaqillik va madaniy taraqqiyot, O'zbekistonning jahon ham jamiyatiga integratsiyalashuvi kabi masalalarni qamrab olgan
-
Ўзбекистон тарихи
1999-2000 ўқув йилидан бошлаб Ўзбекистон Республикаси олий ўқув юртларида Ўзбекистон тарихини янги дастур асосида муоммоли йўналишдаги маърузалар шаклида ўқитиш йўлга қўйилди. Маърузалар ҳар бир мавзунинг қисқача матнларидан ташкил топган.
-
Boshqaruv psixologiyasi
Mazkur darslik boshqaruv psixologiyasi faniga bag`ishlangan bo`lib, bugungu kunda boshqaruv tizimidagi o`ziga xoslik, unda inson resurslari imkoniyatlaridan samarali foydalanish, rahbar xodimlarni tanlashga qo`yilayotgan talablar va uning pedagogik shart-sharoitlari hamda zamonaviy yondashuvlari xususida fikr yurutiladi.
-
Lotin tili va meditsina termonologiyasi
vLotin tili va meditsina terminologiyasi» fani darsligi kasb-hunar kollejlari uchun tuzilgan o‘quv dasturi asosida qayta ishlandi va to‘ldirildi. Fonetika, harf va tovushlar tasnifi, odam skeleti va ichki a’zolari, dori shakllari, dorivor o‘simlik qismlariga doir ma’lumotlar hamda nazorat ishlari variantlari kabi qismlar kiritildi. Ushbu darslikda tibbiy atamalaming yasalishi va ulaming zamonaviy tibbiyot terminologiyasi (anatomik, davolash hamda dorishunoslik)da qoilanilishi berilgan. Darslikdagi mavzular boblarga boiingan. Qo‘shimcha ma’lumotlarda kasallik nomlari, tibbiy fanlar va davolash usullari, shuningdek, xalq tabobatida qo‘llaniladigan shifobaxsh o‘simliklar va mevalaming lotincha nomlari berilgan.
-
Rivojlanish biologiyasi (sitologiya, embriologiya va gistologiya asoslari)
Ushbu darslik 5110400 -biologiya o‘qitish metodkasi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun o‘quv reja va fan dasturi asosida yozilgan. Unda umumiy sitologiya, umumiy embriologiya va umumiy gistologiya asoslari kursining asosiy tushunchalari, qonuniyatlari, klassifikatsiyalari tegishli mavzularda o‘z aksini topgan. Darslik fanlarning uzviyligi va uzliksizligi asosida yozilib, birinchi bolim sitologiya, ikkinchi bo‘lim embriologiya va uchunchi bo‘lim gistologiyaga bag‘ishlandi.
-
UMUMIY GEOLOGIYA
Darslik kosmik, geofizik, izotop va boshqa yangi izlanishlar natijasida olingan ma'lumotlarni e'tiborga olib tuzilgan. Bu ma'lumotlar Yer, uning ichki tuzilishi, tektonik harakatlarning tabiati, deformatsiya, vulkanizm, seysmik harakatchanlik sabablari, qoplama muzliklar, dengizning geologik ishi va boshqa yangi fikrlar keltirilgan.
-
МАТЕМАТИК ФИЗИКА ТЕНГЛАМАЛАРИ
Мазкур дарслик университетларнинг математика, механи- ка-математика факультетлари учун "математик физика тенгла- малари" курси дастурига мослаб ёзилган.
-
O‘zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi
Siz endi oldingi sinfl arda olgan bilimlaringiz asosida Yer yuzi, shu jumladan, mamlakatimiz tabiati haqida boshqalarga ham ma’lumot bera olasiz. Ulardan tashqari shunday bilimlar ham borki, ular kishilar faoliyati, hayot tarzi va ishlab chiqarishning hududiy farqlanishi kabi insoniyat, jamiyat hayoti bilan bevosita bog‘liqdir