-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
-
-
Atrof muhitni muhofaza qilish. Ekologiya
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Adabiyot. Adabiyotshunoslik. Xalq og‘zaki ijodiyoti
-
Davlat va huquq. Huquqiy fanlar
-
Ko‘tarish-tashish, yo‘l qurilish mashinalari muhandisligi
"Ushbu oʻquv qoʻllanma Jizzax politexnika instituti, Kengashi tomonidan 60730800-“Yo‘l muhandisligi” ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar uchun oʻquv qoʻllanma sifatida tavsiya qilingan. Oʻquv qoʻllanmada avtomobil yoʻllarini, koʻtarish-tashish yoʻl qurilish mashinalaridan foydalanib qurishda, ta’mirlash va saqlash ishlarini amalga oshirishning zamonaviy texnologiyalari, mexanizmlari va texnikalari va ularni qoʻllash toʻliq yoritilgan. Oʻquv qoʻllanma 60730800- “Yo‘l muhandisligi”ta’lim yoʻnalishi boʻyicha tahsil olayotgan bakalavr talabalar, shuningdek yoʻl xoʻjaligi mutaxassislari va shu sohaga qiziquvchilar uchun moʻljallangan."
-
Ўзбекистон Республикасининг сайлов тўғрисидаги қонунлари
Ўзбекистон Республикасининг 2008 йил 25 декабрдаги "Сайлов тўғрисидаги қонун хужжатлари такомиллаштирилиши муносабати билан Ўзбекистон Республикасининг айрим қонун хужжатларига ўзгартириш ва қўшимчалар киритиш ҳақида" ги Қонуни асосида Ўзбекистон Республиксининг Конституцияси ва 12 қонунига киритилган ўзгартириш ва қўшимчалар сайлов қонунчилигининг янада такомиллашаётганидан далолат беради.
-
Art terapiya
Mazkur o`quv qo`llanma «Art terapiya» fani bo`yicha tayyorlangan. O`quv qo`llanmada art terapiya, uning qo`llanilishi, foydalaniladigan metodlar, muzey va galereyalarda art terapiyadan foydalanish uslublar haqida batafsil to`xtalib otilgan. Bundan tashqari ertakterapiya turlari, rangtasvir va amaliy san’at turlari yordamida amalga oshiriluvchi art terapiya metodlari, raqs terapiyadan muzey pedagogikasi va andragogikasida foydalana olish, fototerapiya dasturlarini shakllantira olish, neyrografika mashg`ulotlarini amalga oshirish kabi mavzular qamrab olingan.
-
Botanika (Tuban o'simliklarning sistematik nomenklaturasi)
Ushbu qo 'llanmada Botanika fanidan tuban о'simliklarning sistematik nomenklaturasi bo'yicha o'quv mashg' ulotlarni auditoriyada o'tkazishda zarur bo'lgan mаlumotlar keltirilgan.
-
Molekulyar fizikadan masalalar to'plami
Ushbu o‘quv qo‘llanmasi oliy o‘quv yurtlarida o‘tiladigan fizika fanining “Molekulyar fizika” bo‘limiga bag‘ishlangan bo‘lib, quyidagi mavzularni qamrab olgan: moddalarning molekulyar tuzilishi, temperaturaning turli shkalalari va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar, gazlar kinetik nazariyasining asosiy tenglamasi, ideal gaz holat tenglamasi, ideal gaz qonunlari, gaz molekulalarining tezliklar bo‘yicha taqsimot funksiyasi, barometrik formula, termodinamikaning birinchi qonuni, issiqlik miqdori, termodinamik ish, ichki energiya, gaz molekulalarining issiqlik sig‘imlari, sistemalardagi izojarayonlarga termodinamikaning 1-qonunining tadbig‘i, adiabatik jarayon, politropik jarayon, termodinamikaning ikkinchi qonuni, siklik jarayonlar, Karno sikli va uning FIKi, termodinamik sistema entropiyasining o‘zgarishi, termodinamikaning asosiy tenglamasi, real gazlarning holat tenglamasi, real gazlarning kritik holati, kritik holatlar: real gazlarning keltrilgan ko‘rinishdagi tenglamalari, suyuqliklarda sirt hodisalari, sirt tarangligi, kapillyar hodisalar, qattiq jismlarning issiqlik xossalari, gaz molekulalarining kinematik xarakteristikalari, gazlarda ko‘chish hodisalari, diffuziya, ichki ishqalanish va issiqlik o‘tkazuvchanlik. Har bir mavzuda shu mavzuga tegishli bo‘lgan asosiy fizikaviy formulalar keltirilgan.
-
Komunal maishiy xizmat koʻrsatish va servis asoslari
Mazkur “Komunal maishiy xizmat koʻrsatish va servis asoslari” nomli oʻquv qoʻllanma Oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan fan dasturi asosida tayyorlanib, unda Oʻzbekiston Respublikasida Muhandislik tarmoqlari va uskunalarini tarixi va rivojlanish tendensiyalari; Binoning isitish tizimlari va ularga servis xizmat koʻrsatish; Isitish tizimi klassifikatsiyasi; Isitish asboblarining klassifikatsiyasi. Isitish tizimlarini tanlash, joylashtirish va oʻrnatish; Sovitish, shamollatish tizimlari va uskunalari; Shamollatish tizimlari va uskunalariga servis xizmat koʻrsatish; Binolarni gaz bilan ta’minlash tarmoqlari va jihozlariga servis xizmat koʻrsatish; Binolarni suv bilan ta’minlash tarmoqlari va jihozlariga servis xizmat koʻrsatish xizmatlari kabi ma’lumotlar bugungi kunda Respublikamizda yangi qurilayotgan bino-inshootlar misolida jadval, rasm va sxemalar bilan toʻliq yoritilgan.
-
Цветной атлас по кольпоскопии
Внедрение высоких технологий в медицинскую практику - один из самых эффективных способов повышения качества медицинской помощи, а значит, и сохранения здоровья населения. Данное издание посвящено современному методу исследования женских органов путем их осмотра с помощью кольпоскопа. Сегодня за рубежом кольпоскопия наряду с цитологическим исследованием относится к программе обязательного профилактического обследования женщин. Текст сопровождается большим количеством цветных иллюстраций, что позволяет отнести данное издание к иллюстрированному атласу - руководству для практикующих врачей-гинекологов.
-
Bezopasnosti informasionnix sistem
Navernoe, eto budet samaya trudnaya i slojnaya chasti knigi. Xochetsya skazati stoliko vsego, poblagodariti stolikix lyudey! Samoe starshnoe- kogo-to zabiti. Vedi vse okrujayushie nas lyudi, napryamuyu ili net, no vse je vliyayut na nashi postupki. Blagodarya imenno etim lyudyam, a takje cherede neobichnix sobitiy i poyavilasi eta kniga.
-
Задачник по теории групп
Книга содержит большое число задач по различным разделам теории групп с изложением (без доказательств) основных результатов. Преимущественное внимание уделено теории конечных групп. Автор надеется, что решение предлагаемых задач будет способствовать более глубокому проникновению в теорию.
-
Sаnоаt chiqindilаrini tоzаlаsh tехnоlоgiyalаri
Mazkur “Sаnоаt chiqindilаrini tоzаlаsh tехnоlоgiyalаri” fanidan o’quv qo’llanmada fanning maqsadi, asоsiy vazifalari, mazmuni, ekоlоgiya va atrоf muhit muhоfazasi mutaхassislarini tayyorlashdagi ahamiyati, аtmоsfеrаni sаnоаt chiqindilаridаn muhоfаzа qilish, gаz chiqindilаrini zаrаrsizlаntirish usullаri, chаng zаrrаlаrining аsоsiy хususiyatlаri vа uni ushlаb qоlishning sаmаrаdоrligi, gаz tаshlаmаlаrini zаrаrsizlаntirish vа tоzаlаshning fizik- kimyoviy usullаri, оqоvа suvlаrni tоzаlаsh tехnоlоgiyalаri, sаnоаt chiqindilаrini utilizаsiya qilish vа qаytа ishlаsh, оrgаnik kimyo vа аtrоf muhit muhоfаzаsi muаmmоlаri, sаnоаt chiqindilаrini utilizаsiya qilish vа qаytа ishlаsh tехnоlоgiyalаri bаyon qilingаn.
-
Chizmatasvir
Ushbu o`quv qo`llanma asosan tasviriy san’atning chizmatasvir yo`nalishi bo`yicha kechadigan barcha jarayonlarni o`z ichiga qamrab olgan bo‘lib, unda chizmatasvirda odam boshi portretini ishlash jarayoni va uni qog`ozga kompozitsiyali joylashtirish, konstruktiv qurish, proporsiyalar, yorug`, soya va tushuvchi soyalar, shtrix, tus, detallar ustida ishlash, chizmatasvirda odam bosh suyagi, gipsdan yasalgan antik odam boshi va chizmatasvir jarayonida ishlatiladigan qog`oz, qalam, sangina, sous kabi tushunchalar haqida aniq va batafsil ma’lumot berilgan.
-
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi
Mazkur o`quv qo`llanmada “Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi” o`quv faninig mazmuni, jismoniy tarbiya vositalari, dars zichligi, yuklamalar, jismoniy tarbiya nazariyasining yetakchi tushunchalari, pulsometriya o’tkazish uslubiyoti kabi masalalar yoritilgan bo’lib undan jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi talabalari, magistrantlari, maxsus sirtqi ta’lim yo`nalishi talabalari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda akademik litsey va kasb-hunar kollejlari jismoniy tarbiya o’qituvchilari foydalanishlari mumkin
-
Фольклоршунослик асослари
Мазкур ўқув қўлланма фольклоршунослик фанининг асосий мақсади ва вазифалари, ўзбек фольклоршунослигининг шаклланиш тарихи, тараққиёт қонуниятлари ва ривожланиш босқичлари, жаҳон фольклоршунослиги мактабларининг назариялари, фольклор жанрларини тадқиқ этиш борасида эришилган асосий натижалар, мустақиллик даври ўзбек фольклоршунослигининг янгича тамойиллари ва истиқболлари таҳлилига бағишланган.
-
To’qimachilik mahsulotlari texnologiyasi va jihozlari
O’quv qo’llanmada trikotaj to’g’risida tushuncha, bir va ikki ignadonli ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to’qiydigan trikotaj mashinalarida halqa hosil qilish jarayonlarining o’ziga xos xususiyatlari, bir va ikki qavatli ko’ndalangiga va bo’ylamasiga to'qilgan trikotaj to’qimalarining tuzilishi, xususiyatlari va ulami loyihalash usullari, ba’zi naqshli trikotaj to’qimalari tuzilishi, donali trikotaj mahsulotlarini olish usullari, paypoq to’qish texnologiyasig oid ma’lumotlar keltirilgan.
-
Charm va mo'yna texnologiyasi
O'quv qo'llanmada terining tuzilishi, charm va mo'yna xomashyolari va ularning xossalari, charm va mo'yna tayyor mahsulotlari, ularni konservalash usullari, charm va mo'yna ishlab chiqarishda tayyorlash, oshlash va pardozlash jarayonlari, ularning nazariy asoslari va amalda bajarilishi bayon etilgan.
-
Ўзбекистон Республикасининг Қонунлари
Қўлланмада микромолиялаш, микрокредит ташкилотлар тўғрисидаги Ўзбекистон Республикасининг Қонунлари киритилган. Қонун 2006-йил 21-июнда қабул қилинган. Сенат томонидан 2006 йил 25 августда маъқулланган. Микрокредит ташкилотлари тўғрисида (Қонунчилик палатаси томонидан 2006 йил 28 июнда қабул қилинган. Сенат томонидан 2006 йил 25 августда маъқулланган.