-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
-
-
-
Poligrafiya. Reprografiya. Fotokinotexnika
-
-
Fizika
Ushbu metodik qo'llanma o'rta maxsus kasb ho'nаr ta'limida fizikadalr o'tiladigan mavzulami o'z ichigа qamrab olgan bo'lib, unda oliy o'quv yurtlariga kirishdagilcsl silltlvlarida uchraydigan savol va maialalarni yechishga mo'ljallangan asosiy qonunlar, va lЫmulalar keltiTilgan. Qo'llanma fizikadan mа'lum bilim va ko'nikmalarga ega uilar uchun mо' ljallangan, cMctrxlik qo'llanma o'rta maltab, akademik litsey va kasb hunar kollejlari jars o'tish jarayonida berilgan mavzuni o'quvchilarga to'la yetkazibdam beradi.
-
"Амалий хорижий тил" (инглиз тили) фанидан барча йўналишларидаги 3-босқич талабаларининг амалий машғулотлар учун
Ушбу қўлланма ОТМ бакалавриат йўналишлари ўқув дастурининг бўлими бўлган бизнес-инглиз тили йўналишига ўқув қўлланмаси сифатида мўлжалланган. Ўқув қўлланма курсларда инглиз тилини ўрганувчилар ва иқтисодиѐт йўналишида таълим олувчи талабалар учун мўлжалланган. Ўқув қўлланма қуйидагилар билан ажралиб туради.
-
Bolalar rivojlanishida jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
Ushbu o`quv qo`llanma pedagogika kollejlari, pedagogika oliy o`quv yurtlari hamda universitetlarning maktabgacha ta`lim,pedagogika-psixologiya ixtisosliklarining talabalari, shuningdek,maktabgacha ta`lim muassasalari hamda sport maktablari, gimnaziya va litseylarning jismoniy tarbiya o`qituvchisi va murabbiylari uchun mo`ljallangan. Qo`llanmada maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar jismoniy tayyorgarligiga yo`naltirilgan nazariy va uslubiy ishlanmalar, ularda harakat madaniyatini shakllantirish, aqliy, axloqiy, estetik hamda ruhiy-jismoniy sifatlarni rivojlantirish masalalari mazmuni aks etgan. Shuningdek, harakatli o`yinlar tavsifi va ularning tarbiyaviy ahamiyati ko`rsatilgan.
-
Analitik kimyo
O'quv qo’llanma amaldagi analitik kimyo fani bo'yicha dastur asosida tuzilgan boiib, kimyo fakulteti 2 -kurs bakalavrlari uchun barcha laboratoriya mavzularini bajarishda asosiy qo`llanma sifatida tavsiva etiladi. Qo`llanma 3 ta bobdan iborat bo`lib , sifat analizi, miqdoriy analiz va fizik kimyoviy analiz usullari bo'yicha ko'plab laboratoriya ishlari yoritilgan.Talabalarni analitik kimyoning laboratoriya darslarida moddalarni sifat va miqdoriy analiz qilishni tez va oson usullarini qo`llab real obyektlar analiziga qo’llash mumkin.
-
Xalqaro transport koridorlari
O`quv qo`llanma magistratura bo`limi “Jahon iqtisodiyoti” mutaxassisligi talabalariga mo`ljallangan. Unda xalqaro savdoda eksport-import operatsiyalari hamda tovarlarning hududlar orqali transport vositalarida harakatlanishi, xalqaro transport koridorlaridan foydalanishda hujjatlashtirish tizimi, globallashuv jarayonida eng qisqa va xavfsiz koridorlarni aniqlash va ulardan foydalanishni tashkillashtirish, xalqaro transport koridorlar faoliyatini sug`urtalash, xalqaro magistrallar, temiryo`llar va jamoat yo`llaridan foydalanishni tashkil etish tizimini o`rganish, BMTning xalqaro transport bo`yicha kelushuv va paktlari o`rganilgan. O`quv qo`llanma har bir bobining yakunida nazorat uchun savollar keltirilgan bo`lib, ushbu savollar talabalarni seminar mashg`ulotlarida mavzuni chuqurroq o`zlashtirishlariga yordam beradi.
-
Geografiya fanining metodologik asoslari
Jonajon vatanimiz O‘zbekiston hozirgi tezkor globallashuv davrida, ijtimoiy hayotning hamma sohasida tub islohotlar o‘tkazish uchun bel bog‘ladi. Qo‘shnichilik, davlatlararo do‘stona, manfaatli aloqalarni yo‘lga qo‘yishga kirishdi. Uchinchi renessans davrining tamal toshi qo’yildi. Vatanimiz yangi O‘zbekiston deb atalmoqda. O‘zbekiston hududi ulkan o‘zgarishlar, investitsiyalarni bajarish maydoniga aylandi. Ilm-ma’rifatga asoslangan demokratik fuqarolik jamiyatini qurishga kirishildi. Shunday sharoitda har bir fan egasi o‘z sohasining bilimdoni, jonkuyariga aylanishi, kundalik amaliyot bilan bog‘lanish jarchisi bo‘lishi talab etiladi.
-
Бюджет-солик сиёсати яхлитлиги
Мазкур қўлланма бюджет солик тизимининг таркибий тузилиши ва бошқаришни ташкил этишнинг асосий шакилларини ўз ичига олган бўлиб олий таълимнинг Давлат маблағларини бошқариш. Молиявий менежмент ва бошка мутахассислик талабаларига мўлжалланган.
-
Algebra va sonlar nazariyasi
Ushbu o`quv qo`llanma (o`quv-uslubiy majmua) hozirgi dastur asosida tayyorlangan bo`lib, 5460100-matematika va 5480100-amaliy matematika va informatika ta’lim yo`nalishi bo`yiha ta’lim olayotgan talabalar uchun mo`ljallangan. Bu o`quvuslubiy majmuada: Chiziqli fazo, Evklid fazosi, kvadratik shakl (forma), chiziqli operatorlar, Jordan matrisalar, guruh mavzulari bayon etilgan. Har bir mavzuga doir amaliy mashg`ulotlar uchun masalalar berilgan. Nazorat va mustaqil topshiriqlar berilgan va mavzuga doir muammolar qayd etilgan.
-
Узум етиштириш ва майиз қуритишнинг замонавий технологияси
Ушбу қўлланма USAID (Америка қўшма штатлари Ҳалқаро ривожлантириш агентлиги) томонидан молиялаштирилаётган Aglinks лойиҳаси ҳамда Р.Р.Шредер номли боғдорчилик, узумчилик ва виночилик илмий текшириш институти ҳамкорлигида тайёрланди.
-
Arxitektura tarixi
O`quv qollanmasida eng qadim zamonlarda arxitekturaning kelib chiqishidan boshlab to zamonaviy arxitektura shakllanishigacha bo`lgan davr arxitekturasi taraqqiyoti qisqacha bayon qilingan.Mazkur qo`llanma ushbu sohadagi dastlabki ishlardan bo`lib ayrim kamchilik va nuqsonlardan xoli bo`lmasligi tabiiydir.
-
Факультетская урология
Приводятся сведения об основных заболеваниях мочеполовых органов согласно учебной програмы по дисциплине «Урология». Учебное пособие предназначено студентам 4 курса медицинских институтов, врачам общей практики, магистрам, клиническим ординатрам, урологом
-
Сув ва туз
Соғлом овқатланиш бўйича жаҳон миқёсидаги мутахассис Поль Брэгг ва унинг қизи Патриция саломатлигини саклаш ҳамда уни бир маромда ушлаб туриш ниятида бўлган барча инсонлар учун китоб ёзишди. Китоб асосида муаллифлар томонидан инсон саломатлиги ва озиқ-овқат маҳсулотлари соҳасида йўллар давомида олиб борилган тадқиқотлар натижасида тўпланган далиллар ётади. Бу китобдан оладиган билимларингиз барвақт қариш ва турли хил касалликлардан омонда бўлиб, кўп йиллар давомида бахтли ҳамда жушқин бўлган ҳолатда ҳаётдан завқланишингизга хизмат қилади. Китоб сизга табиат билан ҳамжиҳатликда яшашни, унинг қонунларига қарши чиқмасликни ўргатади. У сизнинг саломат ҳаётга бўлган чиптангизга айланади.
-
Oliy matematika
Ushbu o‘quv qo‘llanma oily ta ’lim muassasalarining texnika va texnologiya yo‘nalishlari bakalavrlari uchun «Oliy matematika» fani dasturi asosida yozilgan bo`lib, fanning chiziqli algebra elementlari, vektorli algebra elementlari, analitik geometriya, matematik analizga kirish, bir o‘zgaruvchi funksiyasining differensial hisobi va bir o‘zgaruvchi funksiyasining integral hisobi bolimlariga oid materiallarni o‘z ichiga oladi.
-
Bosishgacha bo’lgan jarayon texnologiyasi va dizayni
O`quv qo’llanmada matbaa ishlab chiqarish jarayonida bosma qoliplar haqida ma’lumotlar bayon qilingan, yassi ofset, yuqori (tipografik va fleksografik) va chuqur bosish usullarining bosma qoliplarini tayyorlashni analogli va raqamli texnologiyalari nazariy va amaliy usullari ko`rib chiqilgan va tegishli ma’lumotlar berilgan. O`quv qo`llanma ,,Matbaa texnologiyasi va dizayni”, ,,Matbaa mashina va apparatlariga servis xizmat ko`rsatish” yo`nalishlari bo`yicha tahsil olayotgan magistrlarga hamda ,,Matbaa va qadoqlash jarayonlari texnologiyasi” yo`nalishi bo`yicha tahsil olayotgan bakalavrlarga tavsiya etilgan. Xuddi shuningdek, qolip jarayonlarini o`rganuvchi boshqa yo`nalish bo`yicha o`qiyotgan talabalar hamda matbaa korxonalari mutaxassislari uchun ham foydalidir.
-
Umumiy kimyodan laboratoriya mashg’ulotlari
Umumiy kimyo fanidan laboratoriya mashg’ulotlari talabalarda o’z kasblariga nisbatan yanada qiziqish uyg’otadi va shu fanni chuqurroq egallashga undaydi
-
Musiqa adabiyoti
O'quv qo'llanmada musiqiy ijod rivoji masalalari, G'arbiy Yevropa kompozitorlarining hayoti va ijodiy faoliyati, yetakchi musiqiy janrlarning paydo bo'lish jarayonlari ko'rib chiqilgan. O'quv qo'llanma birinchi o'rinda san'at va musiqa maktablarining o'quvchilari uchun, shu bilan birga o'tgan davrning buyuk kompozitorlari hayoti va ijodi bilan keng qiziquvchi o'quvchilar uchun mo'ljallangan.