-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
-
Tabiiy va aniq fanlarning umumiy va kompleks muammolari
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
Xalq ta’limi. Pedagogika
-
San’at. San’atshunoslik
-
Tibbiyot va sog‘liqni saqlash
-
Zoologiya
Ushbu o‘quv qo‘llanmada zoologiya (umurtqasizlar zoologiyasi) dan amaliy mashg‘ulotlar bo‘yicha ma’lumotlar berilgan. Bunda xilma-xil umurtqasiz hayvonlar olami bilan tanishtirish va laboratoriya sharoitida ularni yorib, anatomik va orfologik tuzilishlarini mikroskoplar yordamida ko‘rib o‘rganish kabi ishlarga talabalar e’tiborini jalb qilishga harakat qilingan va amaliy mashg‘ulotlarda o`tiladigan har bir hayvon surati ham berilgan. O`quv qo‘llanma biologiya ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan.
-
Elektr va magnetizm
O'zbekiston Respublikasida qabul qilingan «Ta’lim to'g‘risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta’lim sohasida tub islohotlarni amalga oshirishni talab qiladi. Oliy ta’limdagi islohotlar barcha fanlar bo'yicha o'zbek tilida yangi darslik va o'quv qo'llanmalarni yozilishini taqozo qiladi.
-
Педагогика назарияси ва тарихи
Мазкур ўқув қўлланма марказий осиёда ибтидоий даврига қадар таълим ва тарбия педагогика тарихи ривожи хамда шарқ мамлакатларидаги педагогик фикр тарихи ва назарий қарашлар билан узвйликда баён этилади.
-
Yuqumli kasalliklar epidemiologiya va parazitologiya
Ushbu o ‘quv qo‘llanma tibbiyot kollejlari talabalari uchun mo`ljallangan. Unda yuqumli kasalliklar, umumiy epidemiologiya va tibbiy parazitologiya masalalari yoritilgan. U umumiy va maxsus qismlardan iborat.
-
Topografiya va kartografiya, gat texnologiyalari
Ushbu o'quv qo'llanma oliy ta’lim muassasalarining 514G600 «Geogrfiya» yo‘nalishi bo'yicha ta’lim olayotgan talabalariga mo'ljallangan bo‘lib, u 3 qismdan iborat.
-
Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
Mazkur darslikda bolalar tug'ilganidan balog'at yoshiga yetguniga qadar bo`lgan davrlarda organizmda kuzatiladigan fiziologik. morfologik. immuologik va ayrim biokimyoviy jaravonlarni geteroxronik tarzda kechish mexanizmlari tushuntirib berilgan. Bundan tashqari. bolalarning jadal o'sish va rivojlanish davrlarida ular organizmining mo'tadil rivojlanishi uchun zarur bo'lgan shart-sharoitlarni ta'minlashda har bir ota-ona, tarbiyachi va pedagog kadrlardan talab qilinadigan sanitariya va gigiyena qoidalariga alohida e'tibor berilgan.
-
Veterinariya mikrobiologiyasi fanidan amaliy va laboratoriya mashg‘uIotlar
Mazkur o‘quv qo'llanma ikki moduldan iborat bo'lib, «Veterinariya mikro biologiyasi fanining umumiy qismi» modulida mikrobiologiya laboratoriyasida ishlash qoidalari, mikroorganizmlarni o'rganishning asosiy mikrobiologik, immunologik usullari yoritilgan. «Veterinariya mikrobiologiyasi fanining xususiy qismi» modulida infeksion kasallik qo'zg'aluvchilarining laboratoriya diagnostikasi usullari, qo`llanadigan biopreparatlar berilgan. Qo‘llanmada amaliy va laboratoriya mashg'ulotlarining uslubiy ko'rsatmasi, veterinariya mikrobiologiyasi fanining umumiy va xususiy qismlari modullari bo‘yicha talabalar bilimini mustahkamlash uchun nazorat va test savollari keltirilgan.
-
Veterinariya farmakologiyasi
Ushbu o‘quv qo‘llanma qishloq xo‘jaligi oliy o‘quv yurtlarining “5440100-Veterinariya” va “5111000-Kasb ta’limi (5440100-Veterinariya)” yo‘nalishlarida ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmada veterinariya farmakologiyasi fanining qisqacha rivojlanish tarixi va uning asosiy vazifalari, ilmiy yo‘nalishlari, dorilarni olish manbalari va yo`llari, farmatsiya, dori moddalarining dozalari va yuborish yo‘llari hamda ularni organizmdan ajralib chiqishi, biotransformatsiya, dorilarni ta’sir etish turi va mexanizmi, shuningdek, dori moddalarining salbiy ta’sirlari hamda uni bartaraf etish choralari ko‘rsatilgan. Shu jumladan, markaziy nerv tizimiga hamda efferent va afferent nerv oxirlariga ta’sir ko‘rsatuvchi, ayrim a’zo va tizimlar faoliyatini boshqaravchi, asosan, to‘qimalardagi modda almashinuvi jarayonlariga, mikrob va parazitlarga qarshi ta’sir ko‘rsatuvchi moddalarga umumiy farmakologik tasnif berilgan.
-
Узум етиштириш ва майиз куритишнинг замонавий технологияси
Ушбу қўлланма USAID (Америка Қўшма Штатлари Халқаро ривожлантириш агентлиги) томоиидан молиялаштирилаётган Aglinks лойиҳаси ҳамда P.P.Шредер номли богдорчилик, узумчилик ва виночилик илмий текишриш институти ҳамкорлигида тайёрланди.
-
Умуртқалилар зоологияси
Уқув қулланмада умуртқасиз ҳайвонларнинг барча асосий систематик гуруҳлари таърифланади. Китобда ўқув материаллари солиштирма-эволюцион нуқтаи назардан таҳлил қили6 берилган, ҳайвонларнинг экологиясига ва маҳллий турларига кенг ўрин берилган. Бир қанча зоологик тушунчаларнинг ўзбек тилидаги номларига тузатишлар киритилган. қулланма олий ўқув юртлари биология ихтисослиги студентлари учун мўлжалланган.
-
Tuproq biogeokimyosi
Qo‘llanmada Vernadskiy, Polinov, Glazovskaya, Perelmanlarning biosfera va geokimyoviy landshaft yer po‘stining qobiqlari va struktura elementi ekanligi, tuproq esa yupqa geomembrana ekanligi asosiy birlik tariqasida biogeokimyoviy nuqtayi nazardan yoritilgan. Yer, suv, tuproq, o'simlik va hayvonot dunyosi, atmosfera elementlarining migratsiya va akkumulyatsiya manbalari ekanligiga hamda ularni geokimyoviy landshaftdagi biogeokimyoviy xususiyatlariga alohida e’tibor qaratilgan.Elementlarni biogeokimyoviy aylanma harakati alohida-alohida elementlarda ko‘rsatilgan. O`g‘ir metallar va ulaming biogeokimyosiga, xususan, tuproqning ifloslanishidagi roli darslikda alohida o‘rin egallaydi. Sug'oriladigan tuproqlarda, sho'rxoklarda elementlar migratsiyasi, akumulyatsiyasi bilan birga biogeokimyoviy baryerlariga katta e’tibor qaratilgan.
-
Badminton nazariyasi va uslubiyati
Mazkur o‘quv qo'llanma amaldagi Davlat ta’lim standarli, o'quv rejasi va fan dasturi talablariga muvofiq ishlab chiqilgan bo'lib, O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti talabalari, magistrantlarï, doktorantlari, olimpiya zaxiralari kolleji o‘quvchilari, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tarmoq markazi tinglovchilari, badminton bo‘yicha sport maktablari, klublari va taslikilotlarida faoliyat ko'rsatayotgan mutaxassislarga mo‘ljallangan.
-
Pedagogika nazariyasi va tarixi
Mazkur darslik mustaqillik mafkurasi g'oyalari asosida bayon etilgan. Darslik pedagogika universitetining. Boshlang'ich ta'lim yo'nalishi talabalariga mo'ljallangan.
-
Tipik texnologik obyektlarni imitatsion modellashtirish va boshqarish malakali komyuter treningi
Mazkur o`quv qo`llanma "Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish" fanining tipik texnologik obyektlarini imitatsion modellashtirish va avtomatli boshqarish malakali komyuter treningi" qismidan komyuter trenajorlari majmualari yordamida labaratoriya va amaliy mashg`ulotlarni bajarish hamda amaliy mashg`ulotlarni tashkil etishda uslubiy yordam beradi.
-
Tasviriy faoliyatga o'rgatish nazariyasi va metodikasi
Ushbu o'quv qo'llanmada tasviriy faoliyatga o'rgatish nazariyasi va metodikasining umumiy asoslari, maktabgacha yoshdagi bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilishning maqsad va vazifalari, badiiy faoliyat qobiliyatlari va ijodini tarbiyalash, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarning tasviriy faoliyatiga rahbarlik qilish usullari, rasm chizish, loy ishi, applikatsiya va qurish-yasashga o'rgatish metod hamda vositalari kabi masalalar yoritilgan.
-
Tibbiy texnika va yangi tibbiyot texnologiyasi
Ushbu o‘quv qo'IIanma “Tibbiy texnika va yangi tibbiyot texnologiyasi” fani bo‘yicha namunaviy dastur asosida yozilgan bo`lib, oliy o‘quv yurtlari talabalari va o‘qituvchilari hamda tibbiyot elektronikasi apparaturalarini o‘rganuvchi boshqa soha mutaxassislari ham foydalanishlari mumkin.