-
Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari
-
Qurilish. Arxitektura
-
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
Iqtisodiyot. Iqtisodiyot fanlari
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
-
-
Jismoniy tarbiya va sport
-
-
Iqtisodiy sistemologiya
Ushbu o`quv qo`llanmada respublikamiz milliy iqtisodiyotda murakkab, dinamik o`zgaruvchan ijtimoiy-iqtisodiy tizim sifatida taxlil qilinib, raqobat muxiti va bozor sharoitlarini o`rganib, ularning mohiyati va qonuniyatlarini chuqur taxlil qilishda iqtisodiy- matematik usullar va modellardan foydalanish, iqtisodiy ko`rsatkichlarni prognjzlashni yoritib beradi.
-
Sharq mamlakatlarining bog'-park san'ati
Ushbu qo'llanmada Yaqin, O'rta va Uzoq Sharq mamlakatlari: Misr, Ossuriya, Bobil, Eron, Turkiya, Movarounnahr, Shimoliy Hindiston Pokiston, Xitoy va Yaponiyaning qadirngi va o'rta asrlardagi, shuningdek, zamonaviy bog'-park san'ati keng bayon etilgan, O'rta Osiyoning Amir Temur va temuriylar davri bog'-saroylari Shimoliy Hindistondagi Bobur va boburiylar davri bog'-parklari bilan qiyoslangan. «Chorbog'» usIubidagi O'rta Sharq mamlakatlari va O'rta Osiyo bog'Jariga keng tavsif berilgan.
-
Vokal va zamonaviy musiqa
Mazkur darslik oliy o‘quv yurtlarining musiqa va san’at fakultetlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, unda talabalarning badiiy-ijrochilik tomonlarini puxla o'zlashtirilishiga, ulaming qo‘shiqlari repertuarini xilma-xil shakl va xarakterdagi rang-barang asarlar bilan boyitib borishga alohida e’tibor berilib unga o‘zbek kompozitorlarining yangi asarlari, musiqali dramalardan parchalar, romanslar, ariyalar, xalq qo‘shiqlari kiritilgan.
-
Ekonometrik modellashtirish
Ekonometrik modellashtirish fani iqtisodiyotdagi jarayonlarni ekonometrik usullar va modellar yordamida tahlil qilishni o`rganadi. Mazkur o`quv qo`llanma ekonometrik modellashtirish usullari va zamonaviy masalalari, ekonometrik modellar, ko`p omilli chiziqli model, dinamik qatorlarning ekonometrik modellari, regression tahlilning umumlashtirilgan.
-
Iqtisodiy o`sishning matematik modellari
Ushbu o`quv qo`llanmada iqtisodiy o`sishning nazariy asoslari va uni tadqiq qilishning matematik modellari yoritilgan. O`quv qo`llanmada iqtisodiy o`sishning keynscha, neoklassik modellarining amaliy jihatlari yoritilgan.
-
Амалий ринология
Қўлланмада бурун соҳаси касалликларининг келиб чиқиши, ривожланиши, клиник белгилари, уларни аниқлаш, бўлиши мумкин бўлган асоратлари ва уларни даволаш усуллари ёритилган бўлиб соҳа йўналишида самарали натижа бериши учун бир қанча маълумотлар келтирилган. Ушбу ўқув қўлланма оториноларинголог, тиббиёт соҳаси вакиллари, клиник ординатор ва магистрлар учун мўлжалланган.
-
Jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilish
Qo'llanmada Respublikada jismoniy tarbiya va sport harakatining asosiy yo'nalishlari, shuningdek aholi o'rtasida jismoniy tarbiya va sport ishlarini tashkil qilisli usullari, sport tashkilotlarining vazifalari haqida fikr yuritilgan.qo`llanma talabalar va o`qituvchilarga mo`ljallangan
-
Статистика
Ўқув қўлланма "Хизмат кўрсатиш соҳаси" йўналишилари намунавий дастури бўйича тайёрланган бўлиб, икки бўлимдан иборат. Биринчи бўлимда статистиканинг предмети, статистик кузатиш, жамлаш ва гурухлаш, мутлок, нисбий ва ўртача микдорлар, динамика қаторлари, иқтисодий индекслар каби назарий мавзулар ёритилган. Қўлланманинг иккинчи бўлимида аҳоли ва мехнат ресурслари, миллий бойлик, миллий хисоблар тизими, молия-кредит тизими, аҳоли турмуш даражаси каби статистиканинг ижтимоий-иқтисодий мавзуларига бағишланган. Қўлланма содда ва тушунарли тарзда, мисоллар ва саволлар билан тўлдирилган холда ёритилган. Ўқув қўлланмадан статистика фани ўқитиладиган барча йўналиш талабалари ва статистикага қизикувчилар фойдаланишлари мумкин.
-
Valeologiya asoslari
Ushbu qo`llanmaning asosiy maqsadi talabalar o`rtasida sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ularni o`z salomatligiga bo`lgan munosabatni yanada takomillashtirish va salomatligini muhofaza qilish, mustahkam salomatlik, kasalliklarni oldini olish, zararli odatlardan voz kechish, faol umrni uzaytirish, jismoniy tarbiya va sportning ruhan tetik, jismonan barkamol insonni shakllantirishdagi beqiyos ahamiyati kabi muhim mavzularni qamrab olgan.
-
Maktabgacha ta'limda musiqa tarbiyasi
Uslubiy qo'llanmadagi tavsiya etilayotgan ko'rsatmalar, musiqa repertuari jonajon vatanga muhabbat, mehnatsevarlik, tabiatni e'zozlash, do'stlik, hamjihatlik, rahm-shavqat kabi hislar musiqiy obrazlar orqali idrok etishga qaratilgan va mashg'ulot jarayonida quyidagi ijrochilik malakalarini shakllantirish zarur. Tovushni to'g'ri ohangda ijro etish, musiqa ostida ritmik harakatlarni ifodali bajara olish, cholg'u asboblarining tovushiga ko'ra ajrata olish va ularni aniq uslublarga, bolalar cholg'u asboblariga chalishga o'rgatishdan iborat.
-
Jismoniy tarbiya tarixi
Pedagogika va sport yo'nalishidagi kasb-hunar kollejlari uchun tavsiya etilayotgan ushbu o'quv qo'lIanma maxsus dastur bo'yicha yozilgan bo'lib, unda asosiy e’tibor jismoniy tarbiya tizimi, uning vositalari, uslublari, tamoyillari, jismoniy sifatlarini tarbiyalashga qaratilgan. Qo'llanma jismoniy tarbiya bo'yicha amaliyotni hisobga olish va rejalashtirishning ilmiy, nazariy va amaliy materiallarini o'zida mujassamlashtirgan hamda jismoniy tarbiya jarayonini tashkil etish masalalarida yordam beradi.
-
Tarmoqlararo modellar
Mazkur o`quv qo`llanmada milliy iqtisodiyotni turli tarmoqlarida qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar,sanoat korxonalarida tirli xildagi yuklarni tashishning optimal rejasini aniqlash, oddiy va ko`p bosqichli transport masalasi va ularni yechishning Brudno,Lyambda usullari keltirilgan, milliy iqtisodiyotda qo`llaniladigan tarmoqlararo balans modellari har tomonlama yoritib berilgan.
-
Algebra vа sonlar nazariyasi
O‘quv qo‘llanma «Algebra va sonlar nazariyasi» fani Davlat ta’lim standard hamda dasturiga to‘la mos keladi. Tavsiya etilayotgan nazariy savollar va amaliy topshiriqlar modullarda jamlangan bo‘lib, ularda keltirilgan metodik tavsiyalar ushbu o ‘quv qo‘llanmadan foydalanuvchilarga keng imkoniyatlar yaratadi.
-
Социология
Данная книга представляет обобщенное изложение социологического материала, куда входят анализ самой социологии как наука, определение основных категорий теоретической социологии, изложение основ отдельных конкретно-социологических дисциплин и раскрытие методологических основ прикладной социологии.
-
Gistologiya
“Gistologiya” bo’yicha amaliy mashg’ulotlar uchun o’quv qo’llanma oliy o’quv yurtlarning biologiya fakultetlari bakalavr-talabalari uchun yozilgan. Qo’llanma O’zbekiston Respublikasining Oliy ta’lim Vazirligi tasdiqlagan o’quv reja asosida tuzilgan. Tibbiyot va qishloq xo’jaligi oliy o’quv yurtlari va tabiiy yo’nalishdagi litseylarda mashg’ulotlar o’tkazishda foydalanish mumkin.
-
Axloq falsafasi
Qo'llanma bakalavriat ta’lim yo'nalishlarida falsafa, etika, estetika fanlaridan ta’lim olayotgan talabalar uchun mo‘ljallangan. Mazkur qo'llanmadan tarbiyaviy ishlar va targ'ibot tadbirlarini amalga oshirishda foydalanishi mumkin. Inson borlig‘i bilan qiziquvchilarkitobxonlarga ham qo‘llanma tavsiya etiladi.